Muhammad ibn Solih Karobisiy(arabcha:محمد بن صالح كروبيسي — Muhammad ibn Solih Karobisiy — Toʻliq ismi:Abulfazl Muhammad ibn Solih ibn Mahmud ibn Haysam Karobisiy Ushtobdiyzakiy Samarqandiy (vafoti 322/934-yil)) — Muhaddis va roviy.

hayoti Muhammad ibn Solih Karobisiy hadislarni koʻp aytadigan ishonchli va fozil inson boʻlgan. Samarqand va Bagʻdodda ilm ahliga mansub boʻlgan jamoalarning juda koʻp vakillari, jumladan, Abdulloh ibn Abdurrahmon Doramiy, Abu Hafs Umar ibn Xuzayfa Karobisiy Bohiliy, Shuʼayb ibn Lays Kogʻaziy, Yoqub ibn Yusuf Luʼluʼiy, Ali ibn Dovud Qantariy, Abbos ibn Muhammad Duriy, Muhammad ibn Isʼhoq Sugʻoniy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan.Samʼoniyil Al-ansob. — B. 162 Oʻz navbatida koʻpchilik ulamolar Muhammad ibn Solih Karobisiydan hadis rivoyat qilganlar. 322/934-yilda vafot etgan.Yoqut Hamaviyil Muʼjamu-l-buldon. J.1. — B. 195 Alloma „Furuq fi furu’i-l-hanafiyya“ („Hanafiyya mazha-bi shoxobchalaridagi farqlar“) asari muallifi bo‘lgan.Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 576.

Asarlari “Furuq fi furu’i-l-hanafiyya”

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar