Telesyujet (SYUJET (frans. - predmet, mazmun, narsa) - badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi) - televizoin asarlarning mazmuni va ketma-ketligini aks ettiruvchi tartib.
Syujet formulasi Syujet = 1 voqea = 1 axboriy sabab = 1 tarix = 1 hissiyot = 1 fikr. Agar punktlarda ko'rsatilgan tenglik buzilsa, televizion syujet samarasi past bo'ladi. Albatta, bunday formulani tahliliy koʻrsatuvlarga joriy etib bo'lmaydi. Baʼzida yangilik mohiyatini bitta jumla orqali ham ifodalash mumkin.
Syujet dramaturgik kompozitsiyasi Tafsilotlarning rivojlanish tamoyillari: ekspozitsiya - muqaddima - holatning rivoji - kulminatsiya - holatning keyingi rivoji - xotima. Ekspozitsiya - nima, qayerda, qachon, kim bilan sodir boʻldi. Muqaddima - qahramon va antiqahramonlar toʻqnashuvini tasvirlab berish, ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ko'rsatish. Rivoji - yangidan-yangi dalillarning taqdim etilishi tufayli tomoshabin qahramonlar tomonida turib hayajonlanishni boshlaydi. Kulminatsiya - bu bosqichda hali hech qayerda eʼlon qilinmagan dalillarning jurnalist tomonidan taqdim etilishi bilan tomoshabinda yuqori taʼsir hissiyoti paydo bo'ladi. Xotima - bunda ziddiyatlar yakuni hamda xulosalar taqdim etiladi.
Telesyujet matnining oʻziga xos xususiyatlari Xolislik Voqeaning dolzarbligi G'oyatda tushunarliligi Mantiqiy bayon qilish
Teleyangiliklarning odatdagi syujetlar dramaturgiyasidan farqi Repartyor ziddiyatlarning qatnashchisi bo'lib, jarayonga bevosita guvoh bo'ladi. Efirda to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy fikrini bildirmasligi, voqeani baholovchi so'zlardan foydalanmasligi, tomoshabinga dalillar yordamida oʻzaro zid qoʻyilgan ikki tomonning ijobiy va salbiy tomonlarini tushuntirib berishi lozim.
Havolalar [] [] []
Manbalar
Turkum: O`zbekiston Turkum:Televideniye Turkum:Jurnalistika turkum:Kulminatsiya syujet