Mavlono Ayoniy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad zurafolaridan ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:Nakard az giryai zori man afgʻon hechgah yore
Ki, bar afgʻoni zori u nakardam giryavu zori.
(Mazmuni: Yor hech qachon mening zor-zor yigʻlaganimdan figʻon chekkani yoʻq,
Chunki men uning figʻoni uchun zor-zor yigʻlamagan edim).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik