Joel Kojo (, 1998-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Ganalik professional futbolchi. Hozirda Qirgʻiziston fuqarosi Eronning „Istiqlol“ klubi va Qirgʻiziston terma jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Kojo oʻz vatani, Ganada „KK Adonteng“ jamoasida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda Qirgʻizistonning „Alay“ (Oʻsh) klubiga oʻtgan va 2018-yilgi mavsum yakunida 26 gol bilan Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Kojo shuningdek, Alay jamoasi bilan vitse-chempion boʻlgan va Qirgʻiziston kubogi finaliga qadar yetib borgan. Alay jamoasi bilan OFK kubogi oʻinlaridan ishtirok etgan.

2021-yilning yanvarida Qirgʻizistonning boshqa bir jamoasi, Bishkekning „Dordoy“ klubiga oʻtgan. Kojo 2022 yilgi mavsumni klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi, ligada 10 ta va Qirgʻiziston Superkubogida bir marta gol urdi . Dordoy jamoasi safida 2 mavsum davomida oʻynagan va 39 oʻyinda 15 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yilning yanvarida klubni tark etgan.

2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etgan Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolgan. 2023-yil 29-mart kuni Kojo Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida Namanganning „Navbahor-2“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etgan. Mavsum davomida Samarqand jamoasi safida 23 ta oʻyinda ishtirok etgan va 14 ta gol muallifi boʻlgan.

Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumida ham „Dinamo“ jamoasining asosiy futbolchilaridan boʻlgan. 2024-yil aprel oyida oyning eng yaxshi futbolchi boʻlishi uchun davogarlar roʻyxatiga kirgan. Superliga 2024-yiligi mavsumining oʻrtasida Kojo „Dinamo“ klubi bilan 2025-yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan. 2024-yilgi yozgi transferlar oynasida Eronning „Istiqlol“ klubidan transferini sotib olish taklif boʻladi, ammo „Dinamo“ klubining bosh direktori Dilshod Sharofutdinov forslarning bu taklifiga rad javobini beradi.

Joel Kojo 2024-yil yakunlari boʻyicha Qirgʻiz Respublikasining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Oʻzbekiston Superligasining 2024-yiligi mavsumi yakunlangach Joel Kojo „Dinamo“ bilan xayrlashadi. Eronning „Istiqlol“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi. Kojo „Dinamo“ safida barcha turnirlarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib 26 ta gol va 7 ta golli uzatma beradi.

Terma jamoadagi faoliyati 2023-yil 18-may kuni Kojo 2023-yilgi CAFA Millatlar kubogi tarkibida ilk bor Qirgʻiziston terma jamoasiga chaqirilgan. 2023-yil 16-iyunda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasi safida debyut qilgan va Eron terma jamoasiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Atay Jumashevning oʻrniga 58-daqiqada maydonga tushgan.

2024-yil 25-yanvarda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasining 2023-yilgi Osiyo Kubogidagi yagona golini Ummonga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan.

2024-yil 26-mart kuni Kojo 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Xitoy Taypeyiga qarshi oʻz uyida 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, oʻzining ilk terma jamoasi tarkibidagi xet-trikiga erishgan.

Shaxsiy hayot Kojo Ganada tugʻilgan va musulmon diniga eʼtiqod qiladi. Joel 2017-yildan Qirgʻizistonda istiqomat qilmoqda va Qirgʻiziston futbol ligalarida ishtirok etgan. 2023-yil Qirgʻiziston fuqaroligiga qabul qilganidan soʻng Qirgʻiziston terma jamoasiga jalb etilgan.

Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAlay2018Qirgʻiziston Premyer-ligasi2126 —61—271620192419 —20—26192020147 ———147Total5941 —81—6752Dordoy Bishkek2021Qirgʻiziston Premyer-ligasi134 —21—15520222210 —20—2410Total3514 —41—3915Dinamo Samarqand2023Oʻzbekiston Pro ligasi171164———23152024Oʻzbekiston Superligasi22733———2510Jami391897———4825Career total1337397—122—15482

Xalqaro 2024-yil 19-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika Qirgʻiziston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar2023922024148Total2310

Terma jamoa safidagi gollari Hisob va natijalar birinchi boʻlib Qirgʻizistonning gollar sonini sanab oʻtadi. № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2023-yil 11-sentyabr The Sevens stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 3. 2024-yil 9-yanvar Al Egla Training Facility, Doha, Qatar Oʻrtoqlik uchrashuvi 4. 2024-yil 25-yanvar Abdulloh bin Xalifa stadioni, Doha, Qatar AFC Osiyo Kubogi 2023 5. 2024-yil 26-mart Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi 6. 7. 8. 2024-yil 10-sentyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi 9. 2024-yil 19-noyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi 10.

Yutuqlar Alay

Qirgʻiziston Superkubogi gʻolibi: 2018 Qirgʻiziston kubogi gʻolibi: 2020

Dordoy

Premyer-liga gʻolibi: 2021 Qirgʻiziston Superkubogi gʻolibi: 2021, 2022

Istiqlol Tehron

Eron Superkubogi sohibi: 2024/25

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025

Individual Qirgʻiziston Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2018

Manbalar

Havolalar

Joel Kojo Transfermarkt saytida

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:21-avgustda tugʻilganlar Turkum:Akkrada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Esteghlal F.C. futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar