Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya sohasini qoʻllab-quvvatlash hamda standartlar bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan. Assotsiatsiyalar vazifasi ishga yollanayotgan buxgalter bilim darajasini aniqlash va buxgalter talab etiladigan sohalar uchun umumiy standartlar yaratishdan iborat.

Buxgalter tushunchasi juda keng maʼnoga ega boʻlib, uni turlicha taʼriflash mumkin. Har bir mamlakat oʻz standartlariga ega va har bir shaxs bu sohada bilim va koʻnikmaga ega boʻlmasa ham oʻzini buxgalter deb atashi mumkin. Buxgalteriya malakasini olish usullari turlicha. Malaka olmoqchi boʻlgan buxgalter toʻlovni toʻlab imtihonda qatnashmasligi, oʻz tajribasiga asoslangan holda malaka oshirishi, nazoratchisiz imtihon topshirishi, nazorat ostida imtihon zallarida offline yoki maxsus kompyuter markazlarida online tarzda imtihon topshirishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarda raqobatchi buxgalterlik assotsiatsiyalari mavjud, ammo ularning malaka sertifikatlari talabi va bilim darajasi turlicha.

Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya hisobi, soliq va huquqiy masalalar hamda oʻz aʼzolarining kasbiy rivojlanishi borasida yordam beradi. Shuningdek, ular oʻz aʼzolari nomidan ularning manfaatlarini koʻzlab huquqiy tomonlama koʻmaklashadi. Ular buxgalteriya hisobi standartlarini va malakali buxgalterdan foydalanishning afzalliklarini qoʻllab-quvvatlovchi va targʻib qiluvchi tashkilot.

Xalqaro buxgalteriya hisobi assotsiatsiyalari roʻyxati

Mamlakat Tashkilot Imtihon (Nazoratsiz) Imtihon (Nazoratchi orqali) Tajriba asosida Litsenziya asosida Avstraliya Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasi (Avstraliya) Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas Avstraliya Buxgalterlarni sertifikatsiyalash instituti (Avstraliya)Institute of Certified Bookkeepers Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas Kanada Kanada Buxgalterlar assotsiatsiyasiThe Canadian Bookkeepers Association Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas Kanada Kanada professional buxgalterlar instituti Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas Daniya Mustaqil Buxgalterlar uyushmasiF-FB.dk Foreningen Freelance Bogholdere Mavjud emas Mavjud emas Mavjud Mavjud emas Hindiston Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Hindiston)Institute of Certified Bookkeepers Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas Irlandiya Buxgalterlarni sertifikatlash instituti Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas Irlandiya Irlandiya Buxgalterlar uyushmasiIrish Bookkeepers Association Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas Isroil Isroil Buxgalterlar uyushmasiIsrael Bookkeepers Association Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emasYangi ZelandiyaYangi Zelandiya Malakali Buxgalterlar uyushmasiMavjudMavjud emasMavjudMavjud emasYangi zelandiyaYangi Zelandiya Buxgalterlar uyushmasiMavjudMavjud emasMavjud emasMavjud emas Nigeriya Nigeriya Buxgalterlar uyushmasi Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud Norvegiya Norvegiya vakolatli buxgalterlar uyushmasi Mavjud emas Mavjud Mavjud emas Mavjud emas Janubiy Afrika Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Janubiy Afrika)Institute of Certified Bookkeepers Buyuk Britaniya Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasiAssociation of Accounting TechniciansMavjud emasMavjudMavjudMavjud emas Buyuk Britaniya Xalqaro Buxgalterlar uyushmasiInternational Associations of Book-keepersMavjud emasMavjudMavjudMavjud emas Buyuk Britaniya Buxgalterlarni sertifikatlash institutiInstitute of Certified Bookkeepers Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas AQSH Buxgalterlarni sertifikatlash institutiInstitute of Certified Bookkeepers Mavjud Mavjud Mavjud Mavjud emas AQSH Amerika professional buxgalterlar institutiThe American Institute of Professional Bookkeepers Mavjud emas Mavjud Mavjud Mavjud emas

Jadval sarlavhalari taʼrifi Mamlakat

Buxgalteriya uyushmasi tashkil etilgan davlat. Agar buxgalteriya uyushmasi bir necha davlatda tashkil etilgan boʻlsa u har bir davlat uchun alohida huquq va egalikka hamda qatnashuvchilarga ega boʻladi.

Tashkilot

Buxgalteriya uyushmasining toʻliq nomi.

Imtihon (nazoratsiz)

Mustaqil tarzda, tekshiruv va tekshiruvchilarsiz topshiriladigan imtihon.

Imtihon (nazoratchi orqali)

Nazoratchilar tomonidan nazorat ostida topshiriladigan imtihon.

Tajriba asosida

Malaka sertifikati shaxsning tajribasi asosida beriladi va imtihon olinmaydi. Nomzod oʻz tajribasi haqida kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi.

Litsenziya orqali

Nomzod buxgalter sifatida faoliyat olib borish huquqini sotib oladi, ammo imtihon topshirganligi yoki tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talab qilinmaydi.

Manbalar

Turkum:Assotsiatsiyalar