Muhammad ibn al-Murtazo (hijriy 1065-yil (milodiy 1655-yil)dan keyin vafot etgan) — „Mullo Muhsin al-Koshoniy ash-Shiaʼiy“ nomi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis-axboriy, mutakallim, faqih, usuliyotchi, faylasuf, adib va shoir. U yuzga yaqin asarlar tasnif etgan.
Asarlari „as-Sofiy“ („Sof kitob“) Qurʼon tafsiriga oid yetmish ming baytdan iborat asar; „an-Navorid“ („an-Navodir“, yaʼni „Nodir bitiklar“ yetti ming baytdan iborat bu asarda to‘rt mashhur hadis kitoblarida zikr etilmagan hadislar jam qilingan); „Muʼtasamu-sh-shiʼa fi ahkomi-sh-shariʼa“ („Shariat hukmlari haqida shialik ko‘rsatmasi“); „Ilmu-l-yaqiyn fi usuli-d-din“ („Din asoslari haqida aniq ilm- Renessans olimlari qomusi 127 lar“); „al-Ahjor as-sidod va-s-suyuf al-hidod“ („Nishonga otilgan toshlar va o‘tkir qilichlar“) va boshqa kitoblar.
Manbalar