Muhammad Taqiy ibn Muhammad ibn Husayn al-Koshoniy (hijriy 1236-yil (milodiy 1821-yil)da tavallud topgan, Tehronga kelib, shu yerda yashagan va 1321-hijriy yil (milodiy 1903-yil)da vafot etgan) — faqih, usuliyotchi, mutakallim, ilm-fanning bir necha sohalarida faoliyat ko‘rsatgan olim.

Asarlari „Bahru-l-favoid“ („Foydali ilmlar dengizi“); „an-Najot fi-l-fiqh va ulumi-l-kasiyra“ („Fiqh va ko‘p ilmlarda najot topish“, yetti jildli); „Safinatu-n-najoti fi-l-fiqh“ („Fiqh ilmidagi najot kemasi“, to‘rt jildli); „Jomiʼu-l-usul“ („Usul ilmi bo‘yicha to‘plam“, muallif bu asarini oxiriga yetkaza olmagan); „Hidoyatu-l-mustarshidiyn fi-r-radd ala-n-nasoro“ („Nasroniylarga raddiya berishda irshod istovchilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash“); „Jomiʼu-l-vaʼz“ („Vaʼzlar to‘plami“).

Manbalar