Arman genotsidini inkor etish Usmonli imperiyasi va uning hukmron partiyasi Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi (IJP) Birinchi jahon urushi davrida arman fuqarolariga qarshi genotsid qilmaganligi haqidagi daʼvodir. Shunday boʻlsa-da, ushbu jinoyat juda koʻp dalillar toʻplamida hujjatlashtirilgan va olimlarning katta qismi tomonidan tasdiqlangan. Genotsidni amalga oshirgan jinoyatchilar Usmonlilar imperiyasidagi armanlar qirib tashlangan emas, balki harbiy sabablarga koʻra koʻchirilganini iddao qilib, buni inkor etdi. Genotsiddan keyin ayblovchi hujjatlar muntazam ravishda yoʻq qilib kelinadi. 2023-yilga qadar Turkiya Respublikasini boshqarib kelgan hukumatlar tomonidan asosan „inkor etish“ siyosati olib borilgan. Bu siyosat bugungi kunda ham davom ettirilmoqda. Inkor etish siyosati 1991-yilda Ozarbayjon Respublikasi tomonidan ham qabul qilingan.
Partiya oʻz harakatlarini oqlash uchun foydalanadigan dalillar hamda arman genotsidini inkor etish armanlarning „koʻchirilishi“ urush davrida imperiyaning mavjudligiga tahdid soladigan sodir boʻlgan yoki ehtimoliy arman qoʻzgʻoloniga javoban qonuniy davlat harakati boʻlgan degan taxminga asoslanadi. Inkor etuvchilarning taʼkidlashicha, partiya armanlarni qirib yuborish emas, balki koʻchirishni maqsad qilgan. Ular oʻlganlar soni boʻrttirilgan deb taʼkidlashadi. Shuningdek, oʻlimlar sonini fuqarolar urushi, kasallik, yomon ob-havo sharoitlari, qallob mahalliy amaldorlar yoki kurdlar va qonunbuzar guruhlar kabi boshqa omillar bilan bogʻlaydilar. Tarixchi Ronald Grigor Suny asosiy argumentni „hech qanday genotsid boʻlmagan va bunga armanlar aybdor“ degan umumiy qarash ostida umumlashtiradi. Inkor etish odatda „armanlar xiyonati, bosqinchilik, jinoyatchilik va hududiy ambitsiyalar ritorikasi“ bilan birga taʼkidlanadi.
Genotsidga nisbatan inkor etish siyosati olib borilishining asosiy sabablaridan biri milliy Turkiya Respublikasi tashkil etilishida bu genotsidning oʻrni boʻlganidir. Genotsidni tan olish Turkiyaga asos solinishi haqidagi afsonalarga zid boʻlardi. 1920-yillardan beri Turkiya genotsidning boshqa mamlakatlarda rasman tan olinishi yoki hatto eslatilishining oldini olishga harakat qilib keladi. Ushbu harakatlar lobbichilik, tadqiqot institutlari yaratish, qoʻrqitish va tahdidlarga sarflangan millionlab dollarlarni oʻz ichiga oladi. Inkor qilish Turkiyaning ichki siyosatiga ham taʼsir qiladi va turk maktablarida oʻqitiladi. Genotsidni tan olgan baʼzi turk fuqarolari „turklikni haqorat qilish“ aybi bilan sudga tortilgan. Turk davlatining genotsidni inkor etishga qaratilgan bir asrlik harakatlari uni tarixdagi boshqa genotsid holatlaridan ajratib turadi. Ozarbayjon ham genotsidni inkor etib, xalqaro miqyosda tan olinishiga qarshi kampaniyalar olib boradi. Turkiyadagi aksariyat turk fuqarolari va siyosiy partiyalar davlatning inkor qilish siyosatini qoʻllab-quvvatlamoqda. Genotsidning inkor etilishi Togʻli Qorabogʻ mojarosiga hamda Turkiyada kurdlarga qarshi davom etayotgan zoʻravonlikka ham hissa qoʻshadi. 2014-yilda Turkiyaning EDAM tadqiqot markazi tomonidan 1500 kishi ishtirokida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, turk fuqarolarining 9 foizi genotsidni tan oladi.
Tarixi
Anadoluda armanlarning yashayotgani haqidagi maʼlumotlar miloddan avvalgi VI asrda, turklar bu hududga kirib kelishidan deyarli ikki ming yil oldin manbalarda qayd etilgan. Usmonli imperiyasi 19-asrdagi Tanzimot islohotlaridan keyin barcha aholi mavqei tenglashtirilishi eʼlon qilinsa ham, armanlar va boshqa musulmon boʻlmaganlarga Islom hukmronligi ostidagi ikkinchi darajali fuqarolar sifatida munosabatda boʻldi. 1890-yillarga kelib armanlarga islom majburan qabul qildirilishi va yerlarini tortib olishning kuchayishini boshdan kechirishdi. Bu esa bir qancha kishilarning Arman inqilobiy federatsiyasi (AIF, shuningdek, Dashnaktsutyun) kabi inqilobiy partiyalarga qoʻshilishiga turtki boʻldi. 1890-yillarning oʻrtalarida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Hamidiy qirgʻinlarida kamida 100.000 arman halok boʻldi, 1909-yilda esa rasmiylar 17.000 ga yaqin armanning oʻlimiga sabab boʻlgan Adana qirgʻinining oldini ololmadi. Usmonli hukumati ushbu qirgʻinlar uchun javobgarlikni rad etib, Gʻarb davlatlarini aralashishda, armanlarni provokatsiya qilishda ayblab, musulmonlarni asosiy qurbonlar sifatida koʻrsatib, jinoyatchilarni jazolamadi. Xuddi shu inkor etish sabablaridan keyinchalik arman genotsidini inkor etish uchun foydalanishadi.
1908 va 1913-yillardagi ikki davlat toʻntarishi natijasida Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi (ITQ) hokimiyat tepasiga keldi. Bu orada Usmonli imperiyasi Bolqon urushlarida Yevropa qismidagi deyarli barcha hududini yoʻqotdi. ITQ mazkur magʻlubiyatni xristian xiyonati bilan bogʻladi. Urushlar natijasida yuz minglab musulmon qochqinlar Anadoluga koʻchdi. Ularning koʻplari armanlar yashovchi sharqiy viloyatlarga koʻchirildi va nasroniylarga nisbatan nafrati saqlanib qoldi. 1914-yil avgust oyida ITQ vakillari AIF konferensiyasida ishtirok etib, Rossiya imperiyasi bilan urush boʻlgan taqdirda AIF rus armanlarini Usmonlilar tomonida turishga undashni talab qilishdi. AIF taklifni rad etib, aksincha, armanlar o'zlari fuqarosi bo'lgan mamlakatlar uchun jang qilishlari kerakligini e'lon qildi. 1914-yil oktyabr oyida Usmonli imperiyasi Markaziy kuchlar tomonida Birinchi jahon urushiga kirdi.
Arman genotsidi
1914-yil oxirida Usmonlilar Rossiya va Fors hududiga bostirib kirish asnosida Usmonli harbiy kuchlari mahalliy armanlarni qirgʻin qilishdi. Bir necha Usmonli arman askarlari Rossiyaga qochib ketishdi. Ushbu qochish harakati ham ITQ tomonidan hamda keyinchalik inkor etuvchilar tomonidan arman xiyonatining dalili sifatida keltiriladi. Shunday boʻlsa-da, rus armiyasida xizmat qilgan arman koʻngillilari asosan rus armanlari edi. Armanlar xiyonatda ayblangan Sariqamish jangida (1915-yil yanvar) Rossiya armiyasining Usmonlilar ustidan halokatli gʻalabasi ortidan qirgʻinlar genotsidga aylandi. Harbiy vazir Anvar Poshoning 25-fevraldagi buyrugʻiga asosan arman askar va zobitlari oʻz lavozimlaridan chetlashtirildi. Usmonli davlat rahbarlarining fikricha, armanlarning alohida qarshilik harakatlari umumiy qoʻzgʻolon dalili sifatida qabul qilingan.
thumb|left|alt=Dalada sochilib yotgan oʻnlab armanlarning jasadlari|Yoʻl boʻylab armanlarning jasadlari sochilib yotishi deportatsiya yoʻllarida oddiy manzara boʻlgan
Aprel oyi oʻrtalarida, Usmonli yetakchilari genotsid qarorini qabul qilgandan soʻng armanlar sharqiy Van shahrida barrikada qurdilar. Vanni mudofaa qilish harakati oʻsha vaqtda armanlarga qarshi harakatlar uchun bahona boʻlgan va genotsidni inkor etish yoki oqlashga qaratilgan ishlarda hal qiluvchi holat boʻlib qolmoqda. 24-aprel kuni Konstantinopolda yuzlab arman ziyolilari hibsga olindi. 27-maydagi deportatsiya toʻgʻrisidagi qonun bilan qonuniy asosda armanlarni muntazam deportatsiya qilish boshlandi. Maxsus tashkilot asosan ayollar, bolalar va qariyalardan iborat muntazam zoʻrlik va qirgʻinga uchragan deportatsiya karvonlarini qoʻriqlagan. Ularning boradigan joyi Suriya choʻli edi. Oʻlim yurishlaridan omon qolganlar vaqtinchalik lagerlarda ochlik yoki kasallikdan oʻlishlari mumkin edi. Deportatsiya faqat faol janglar boʻlmagan hududlarda amalga oshirildi. Front chizigʻi yaqinidagi armanlar toʻgʻridan-toʻgʻri qirgʻin qilindi. ITQ rahbarlari hamda ichki ishlar vaziri Talʼat Posho armanlarni oʻlimga yuborayotganini bilgan holda deportatsiya qilishni buyurdilar va bu jarayonda yetakchi rol oʻynashdi. 1915-yil 13-iyuldagi telegrammada Talʼat „Armanlarni deportatsiya qilishdan maqsad Arman masalasining yakuniy yechimi“ ekanligini taʼkidladi.
Tarixchilarning hisob-kitoblariga koʻra, 1915-yilda Usmonlilar imperiyasida 1,5-2 million armanlar yashagan. Ulardan 800 000-1,2 millioni genotsid davrida deportatsiya qilingan. 1916-yilda qirgʻinlar toʻlqini Suriyada omon qolgan armanlarni ham nishonga oldi. Shu yil oxiriga kelib, faqat 200 000 kishi tirik qolgan edi. Taxminan 100 000 dan 200 000 gacha ayollar va bolalar majburiy nikoh, asrab olish va dinni qabul qilish kabi usullar orqali musulmon oilalari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Davlat oʻldirilgan yoki surgun qilingan armanlarga tegishli mol-mulkni musodara qilgan va qayta taqsimlagan. Sharqiy Anadoluning Rossiya tomonidan bosib olinishi davrida rus va arman qoʻshinlari 60 ming musulmonni qirgʻin qildi. Ushbu qotilliklar va genotsid oʻrtasidagi notoʻgʻri ekvivalent qilish ham inkor etishning asosiy argumentidir.
Genotsid Usmonli arxivlarida, xorijiy diplomatlar (jumladan, neytral davlatlar va Usmonli ittifoqchilari) tomonidan toʻplangan hujjatlarda, omon qolgan armanlarning guvohliklari, Gʻarb missionerlarining hisobotlarida va Usmonli maxsus harbiy tribunallarining ishlarida hujjatlashtirilgan; ;
. Talat posho 1915-yilda deportatsiya qilingan armanlar va 1917-yilda omon qolgan armanlar soni oʻrtasidagi katta tafovut keltirilgan oʻzining statistik maʼlumotlarini ham saqlab qolgan. Turkiy boʻlmagan olimlarning katta qismi genotsidni tarixiy haqiqat sifatida qabul qiladi. Turk tarixchilari orasida ham genotsidni tan olib, oʻrganayotganlar soni oshib bormoqdaAcademic consensus:
.
Kelib chiqishi
Usmonli imperiyasi
Genotsidni inkor etish — bu genotsid deya baholangan hodisa faktlarini inkor etish yoki jinoyatchilarning niyatini inkor etish orqali minimallashtirishDefinitions of denial:
. Inkor etish boshidanoq koʻchirish niqobi ostida amalga oshirilgan arman genotsidining ajralmas qismi sifatida mavjud boʻlgan; .. Inkor etish Usmonlilarning urushda Amerika betarafligini saqlab qolish istagi hamda Germaniyaning moliyaviy va harbiy yordami tufayli paydo boʻldi.
thumb|alt=Halok boʻlgan odamlar surati |1916-yilgi The Armenian Aspirations and Revolutionary Movements kitobida armanlarning musulmonlarga qilgan vahshiyliklarini aks ettirgani daʼvo qilingan bu kabi koʻplab fotosuratlar chop etilgan.
1915-yil may oyida Rossiya, Angliya va Fransiya Usmonli hukumatiga Usmonlilarning „insoniyatga qarshi jinoyatlarini“ qoralagan va javobgar boʻlgan har qanday Usmonli amaldorlarini javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan diplomatik kommunike yubordilar. Usmonli hukumati armanlar qirgʻinlari sodir boʻlganini inkor etib, armanlar dushman bilan til biriktirganini ta’kidlash bilan birga milliy suverenitet armanlarga qarshi chora koʻrish imkonini berganini ham ta’kidladi. Shuningdek, armanlar musulmonlarni qirgʻin qilgani va ittifoqchilarni harbiy jinoyatlarda ayblagani ham iddao qilingan.
1916-yil boshida Usmonli hukumati arman xalqini qirib tashlashga uringanini inkor etib, „Arman qarshiliklari va inqilobiy harakatlari“ nomli ikki jildlik asarini nashr etdi. Oʻshanda xalqaro miqyosda bunday bayonotlarga unchalik ishonch bildirilmagan, biroq ilgari armanlarga qarshi jinoyatlardan uyalgan ayrim musulmonlar armanlar sodir etgan vahshiylik haqidagi targʻibotlar natijasida oʻz fikrini oʻzgartirgan edi. Urush davrida shakllangan genotsidni inkor etish sabablari keyinchalik Turkiyaning genotsidni inkor etishida qayta kun tartibiga chiqdi.
Turk millatchilik harakati
Arman genotsidining oʻzi Usmonlilar imperiyasining vayron boʻlishi va Turkiya respublikasi barpo etilishida asosiy rol oʻynadiFoundational violence:
. Xristian oʻrta sinfini yoʻq qilish va ularning mulklarini qayta taqsimlash yangi musulmon/turk burjuaziyasini yaratishga imkon berdi. Usmonlilar imperiyasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida sezilarli uzviylik mavjud boʻlib, genotsidni amalga oshirgan “Ittifoq va taraqqiyot” qoʻmitasining vorisi Respublika Xalq partiyasi edi. Turk millatchilik harakati genotsidni sodir etganlar yoki undan boyiganlarning yordamiga bogʻliq boʻlishi ham sukut saqlashga turtki boʻlgan; ; ; . Urush davridagi vahshiyliklarni inkor etish va minimallashtirish turk millatchiligi konsensusini shakllantirishda juda muhim edi.