Abulfath ibn Ali Mutarriziy(arabcha:أبو الفتح بن علي المطريزي — Abulfath ibn Ali Mutarriziy — Toʻliq ismi:Abulfath Burhoniddin Nosir ibn Abulmakorim Abdussayyid ibn Ali Mutarriziy) — faqih.
Faoliyati Abulfath ibn Ali Mutarriziy 1144-yilda Xorazmning Jurjoniyya (hozirgi Ko‘hna Urganch) shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Abdussayyid o‘z davrining o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan.Zirikliy. Al-aʼlom. J.7. — B. 348. Xorazmda faoliyat yuritgan taniqli olimlardan fiqh, hadis, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyotshunoslik kabi ilmlardan saboq olib, yetuk faqih bo‘lib yetishadi. „Aliyzoh“, „Al-iqnoʻ fi-llug‘a“, „Al-muqaddima fi-nnahvi“, „Al-misboh fi-nnahvi“, "Muxtasar „Islohu-lmantiq“, „Al-mug‘rib“ nomli asarlar yozadi.Muhammad Firuzobodiy. Bulg‘a fi tarojim aimmati-n-nahvi va-l-lug‘a. — B. 79. „Xalifatu-zZamaxshariy“ (Zamaxshariyning xalifasi, o‘rinbosari) degan sharafli nomga ega bo‘ladi. Alloma 1213-yilda Xorazmda vafot etadi.Shamsiddin Zahabiy. Siyaru aʼlami-n-nubala. — B. 22-28.Shamsiddin Zahabiy. Tarixu-l-islam. J.43. — B. 392.Uvatov U. O‘zbekiston — buyuk allomalar yurti. — B. 327.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar