Yelena Olegovna Blinovskaya (Ostanina) (25 avgust 1981-yil, Oparino, Kirov viloyati, Rossiya) — bloger, tadbirkor hamda teleboshlovchi.
Tarjimai holi Yelena Ostanina Oparina posyolkasida dunyoga kelgan. Uning otasi haydovchi, onasi esa buxgalter edi. Aleksandr ismli katta akasi bor. Bolaligida u oilasi bilan Yaroslavlga koʻchib oʻtadi. Otasi u yerda mijozlarning uyiga tashrif buyurgan holda veterinariya xizmatini koʻrsatuvchi biznesini ochadi (keyinchalik u Moskvaga koʻchib oʻtdi).
Taʼlim P. G. Demidov nomidagi Yaroslavl davlat universitetini tamomlagan.
Missis Rossiya
2016-yilda Blinovskaya „Missis Rossiya“ xalqaro tanlovida gʻolib chiqdi. U bu nomni boshqa ishtirokchi, Rostov viloyatidan kelgan Nune Kobyatskaya bilan baham koʻrdi. Oʻsha paytda Blinovskaya teleboshlovchi, veterinariya klinikasi va savdo belgisi hammuassisi edi.
Uzoq vaqt davomida Blinovskaya eri va bolalari bilan Yaroslavlda yashadi, 2018 yilda ular Moskvaga koʻchib oʻtishdi. Intervyulardan birida u turli institutlarda, shu jumladan Moskva Gestalt institutida psixologiya boʻyicha „oʻn yil davomida“ oʻqigani haqida aytib beradi.
40 yosh
2021-yilda Blinovskaya 40 yoshini nishonlash tadbiri uchun 120 million rubldan ortiq moblagʻ sarflaydi. Tadbirda Filipp Kirkorov, Svetlana Loboda, Beasts guruhi, reper Jah Khalib, xonanda Nyusha va boshqa taniqli shaxslar ishtirok etishadi. Davrani Ivan Urgant va Kseniya Sobchak olib boradi.
Boyligi
Forbes Blinovskayaning 2020-yildagi daromadini 330 million rubl, asl daromadini esa 200 million deb baholadi .
Faoliyati
4 yil davomida „Dream“ reklama agentligida ishlagan. Keyin u „Toʻyni rejalashtiruvchi“ salonini ochdi. Bir muddat otasining kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik turli xil psixologiya kurslaridan dars bergan. Olti yil ichida, ushbu kurslarda 150 mingga yaqin kishi taʼlim olgan. 2020-yil yanvar oyida Blinovskaya ishtirok etgan „Orzular marafoni“ filmi namoyish qilindi.
Xibs qilinishi
2023-yil 27-aprel kuni rossiyalik bloger Yelena Smolensk viloyatidagi Minsk shossesidagi „Krasnaya Gorka“ chegara postida, Belarusga o‘tmoqchi bo‘lganida Rossiya kuchishlatar tuzilmalari tomonidan xibsga olingan. Bloger Belorusdan O‘zbekistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Buyuk Britaniya tomonidan eʼlon qilingan videoga koʻra, Blinovskaya Maybach rusumli avtomobilida aeroportga ketayotgan edi. U bilan birga shaxsiy haydovchi va qoʻriqchi boʻlgan. Rossiya tergov qo‘mitasi tarqatgan maʼlumotga ko‘ra, u katta miqdordagi pul yuvish hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda (budjetga 918 mln rubl soliqni to‘lamagan) gumonlanmoqda.
Blinovskaya 28-aprel kuni Toshkent shahrida biznes-marafonini o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ushbu tadbirga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yilib, ularning narxi 1 mln so‘mdan 8 mln 600 ming so‘mgacha (90 $ dan 780 $ gacha) sotilgandi.
Tergov
So‘roq paytida Yelena Blinovskaya aybini to‘liq tan oldi. 28-aprel kuni tergovchilar Presnenskiy tuman sudiga Yelenaga nisbatan ozodlikni cheklash bilan bogʻliq ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan. Presnenskiy tuman sudi Moskva Tergov qo‘mitasining iltimosnomasini qanoatlantirib Yelena Blinovskayaga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻlladi. Shundan soʻng Yelena sud binosini tark etdi. Shuningdek, tergovchilar jinoyatga aloqador barcha shaxslarni aniqlashni davom ettirdi.
Manbalar