Wait But Why (WBW) — Tim Urban va Endryu Finn tomonidan asos solingan vebsayt. Ushbu sayt koʻplab mavzularni oʻz ichiga qamrab oladi va longrid (uzoq oʻqiladigan) blog formatida yasalgan .

Sayt mazmuni turli nashrlar, jumladan The Huffington Post va Lifehacker tomonidan sindikatlangan.

Odatda, Wait But Whyda postlar turli mavzularni, jumladan, sunʼiy intellekt, koinot, prokrastinatsiya va shu kabilarni qamrab oluvchi batafsil koʻrinishdagi tushunchalardan iborat. Maʼlumot yetkazish shakli matn va gʻayrioddiy rasmlardan foydalanish orqali boʻladi . Saytni Tim Urban yuritadi va ushbu vebsayt uning oʻzi tomonidan loyihalashtirilgan .

2015-yil iyun oyida Elon Mask Tim Urbandan oʻz kompaniyalari va unga aloqador sohalar haqida yozish mumkinmi, deb soʻraydi. Ushbu suhbat saytning toʻrt qismli nashr seriyasi uchun gʻoya vazifasini oʻtadii. Tim Urban Ilon Mask bilan bir necha bor suhbatlashdi va yashil transport, quyosh energiyasi va kosmik tadqiqotlarning kelajagi va ularning ahamiyatga molikligini muhokama qildi.

2016-yil fevral oyida Tim Urban TED konferensiyasida prokrastinatsiya (kechiktirish, ortga surish) mavzusida nutq so‘zladi.

2017-yilning aprel oyida Tim Urban Ilon Maskning Neuralink loyihasi haqida uzun maqola chop etadi. Uning maqsadi qisqa muddatda jiddiy miya kasalliklarini davolash uchun miya-kompyuter interfeysini yaratish va odamlar hayotini yaxshilashdir. 2017-yil dekabrida „Kolleksioner budushyego“ | Futurecollector (Kelajak kollektori) rus tilidagi videolar seriyasini chiqarishni boshladi. Bu neuralik haqidagi maqolaning yangilangan moslashuvi hisoblanadi .

Manbalar

Havolalar

newochem.ru saytidagi Wait But Why maqolalarining ruscha tarjimalari Turkum:Saytlar Turkum:AQSh saytlari Turkum:Saytlar alifbo tartibida