Mavlono Nosiruddin (15 asr) – samarqandlik shoir, Ahmad Hojibek mulozimlaridan. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning donishmand va taqvodor otasidan farqli ravishda sipohiylikka havasmand ekanligini, beliga ovchilik ashyolarini bogʻlab, rangin otlarni minishga mayli borligini aytadi. “Majolis un-nafois”da unga nisbat berilgan quyidagi bayt keltirilgan:Tubuchoq abrashe agaram zeri zin buvad,
Mulki jahon maro hama zeri nigin buvad.
(Mazmuni: Agar ostimda egarlangan ot boʻlganda edi,
jahon mulklari qoʻl ostimda boʻlardi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik