Ubaydullaxoʻja Qosimxoʻja oʻgʻli (1858-yil; Buxoro shahri, Buxoro amirligi) — mashhur savdogar, kelib chiqishi Qosim Shayx avlodlaridan boʻlgan buxorolik millioner, Oʻzbekiston SSRning birinchi rahbarlaridan biri sanalmish Fayzulla Xoʻjayevning otasiАҳмад Закий Валидий Тўғон. Бўлинганни бўри ер: Туркистон халқларининг миллий мустақиллик учун кураши тарихидан хотиралар // Бошқирд тилидан Ш.Турдиев таржимаси – Тошкент: Адолат, 1997. – Б. 102. va BXSRning birinchi rahbari Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayevning amakisi. Ubaydullaxoʻja Qosimxoʻja oʻgʻli asosan qorakoʻl teri savdosi ortidan katta boylik sohibi boʻlgan. Millioner, shuningdek, paxta va zargarlik buyumlari bilan ham savdo-sotiq qilgan va Moskva shahrida joylashgan alohida xususiy savdo mahkamasini boshqarib kelganМ., Усмонов И. Ойдин кунлар армони. Т.: “Ўзбекистон”, 1997.-Б.7.
Hayoti va savdo faoliyati Ubaydullaxoʻja Qosimxoʻja oʻgʻli 1858-yil Buxoro shahrida tugʻilgan. XVI asr Buxorosida katta nufuzga ega boʻlgan Qosim Shayx Ubaydullaxoʻjaning ajdodidir. Ubaydullaxoʻjaning deyarli butun umri savdo sohasida kechgan boʻlib, u juda katta boylikka egalik qilib kelgan. Xususan, uning Moskva va Nijniy Novgorod yarmarkasidan keladigan daromadining oʻzi yillik 7,2 million rublga teng ekanligi manbalarda qayd etilganGafarov N. Istoriya kulturno-prosvetitelskoy deyatelnosti djadidov v Buxarskom emirate (nachalo XX veka). — Xudjand: Gosudarstvennoe izdatelstvo imeni Raxima Jalili, 2000. — S. 31. Ubaydullaxoʻja Germaniyaning Leypsig, Eronning Tehron, Tabriz,Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir shaharlarida vaqti-vaqti bilan tashkil etib kelingan savdo koʻrgazmalarida oʻz mollari bilan qatnashib turganSulaymon Inoyatov. BUXOROI ShARIF XOʻJALARI: USMON XOʻJA, OTAULLA XOʻJAYEV, FAYZULLA XOʻJAYEV AJDODLARI VA AVLODLARI ShAJARASI, Buxoro, 2022. 7-bet.
Ubaydullaxoʻja Buxoroda qorakoʻl teri savdosi bilan shugʻullanuvchi katta savdogarlar hisoblangan Nasriddinboy, Yahyoboy va Abdurauf karvonboshilar bilan bir qatorda turganSuxarev A. O. Buxara. XIX-nachalo XX v. Moskva. Nauka.1966. -S. 241-242.. Ishonchli hujjatlarga koʻra (MDA—FR, 46. 1-roʻyxat, 122-delo, 2-varaq), Ubaydullaxoʻja vafotidan soʻng uning uyi Fayzulla Xoʻjayev olib borgan amirlikka qarshi keskin siyosiy faoliyat tufayli amir Said Olimxon maʼmurlari tomonidan talon-toroj qilinib, butun boyligi xazinaga oʻtkazib yuborilgan. Buxoro qizillar tomonidan ishgʻol qilinganidan keyin Ubaydullaxoʻjadan qolgan 25 pud quyma oltin, 4,8 million tilla tanga (1914-yilgi pul hisobida), 5 pudga yaqin kumush tanga, 7 million atrofida qarz-kredit va boshqa qimmatbaho mol-mulklar Fayzulla Xoʻjayev tomonidan Sovet hukumati ixtiyoriga topshirilgan. Ubaydullaxoʻja oʻgʻli Fayzulla Xoʻjaning oʻzi kabi savdogar boʻlishini niyat qilgan boʻlsa-da, bu istagi amalga oshmagan. Kelajakda Fayzulla Xoʻja mutlaqo boshqa yoʻldan ketganHasaniy M., Usmonov I. Oydin kunlar armoni. T.: „Oʻzbekiston“, 1997.-B.7. Taniqli tarixchilar Qahramon Rajabov va Sulaymon Inoyatov hammuallifligida yozilgan „Buxoro tarixi“ nomli tarixiy risolada quyidagicha fikr bildirilgan:
Bundan tashqari mashhur moskvalik tadbirkor va jamoat arbobi N.A.Varensov (1862—1947) yozib qoldirgan xotiralarida Ubaydullaxoʻja bilan doʻst boʻlganini taʼkidlab oʻtganВаренцов А.В. Слышанное. Виденное. Передуманное. Пережитое (Россия в мемуарах). 2-е издание. – Москва: “Новое литературное обозрение”, 2011. - 878 стр.. Varensovning bu xotiralari asosan 1905-yilga qadar boʻlib oʻtgan voqealarni hikoya qilib beradi.
Manbalar
Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Savdogarlar Turkum:Xoʻjayevlar oilasi