Muhammad ibn Abdurrasul ibn Qalandar ibn Abdussayyid al-Barzanjiy ash-Shahrizoʻriy al-Madaniy ash-Shofiʼiy (Shahrizo‘rda hijriy 1040-yil (milodiy 1631-yil)da tugʻilib, muharram oyining boshida Madina shahrida hijriy 1103-yil (milodiy 1692-yil)da vafot etgan) — mufassir, muhaddis, usulshunos, adib, tilshunos, ritorik, ilmi sarf va boshqa ilm sohalarida faoliyat olib borgan olim. Hamadon, Bag‘dod, Damashq, Konstantinopol va Misrga borgan. Madinai munavvarada istiqomat qilgan va saboq olgan.

Asarlari „Xolisu-t-talxis fi muxtasari talxisi-l-miftoh“ („Muxtasaru talxisi-l-miftoh“ning xolis va qisqacha mazmun-mohiyati"); „Mirqotu-s-suʼud fi tafsiri avoili-l-uqud“ („Shodalarning boshlarini tafsir qilish boʻyicha yuksaklikka olib chiqadigan zinapoya“); „al-Maqolat as-sunniyafi tavzihi eʼtirofi-l-Jomiyala-l-xamariya“ („al-Xamariy qasidasining Jomiy tomonidan qay tarzda eʼtirof etilganini izohlash haqida sunniy maqola“); „at-Taʼyid va-l-avn li-l-qoiliyn bi imoni Firʼavn“ („Firʼavn imoni haqida soʻzlovchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam berish“); „as-Sinova-s-sanavot fima yataallaqu bi-lqunut“ („Xudojoʻylikka oid yillar va oliy maqom“); „Sharhu-l-maxoriq va jarhu-l-moraq“ („Afsungarlik sharhi va zinapoyalarning sinishi“); „Anhoru-s-salsabiyl fisharhi anvori-t-tanzil li-l-Bayzoviy“ ("Bayzoviyning „Sharhu anvori-t-tanzil“ asaridagi salsabil anhorlar"); „Mazoju-l-zanjabiylli hiyozi asrori-t-taʼvil fi-t-tafsir“ („Tafsir haqi-dagi taʼvil sirlaridan iborat hovuzlarning sokin holati“); „Ziyou-s-siroj fi laylati-l-isroʻ va-l-meʼroj“ („Isroʻ va meʼroj kechasidagi chiroqning ziyosi“); „al-Ishoʻa fi ashroti-s-soʻa“ („Qiyomat alomatlari haqidagi mish-mishlar“); „Bagʻiyatu-t-tolib liiymoni Abi Tolib“ („Abu Tolibning imoni talabida boʻlgan bandaning maqsadi“); „an-Nafaha al-foyiha fi masoili-l-fotiha“ („Fotiha bilan bogʻliq masalalar haqidagi muattar tuhfa“).

Aytishlaricha, u oltmishdan ortiq asarni taʼlif etgan.

Manbalar