Aleksey Vladimirovich Ribakov (1974-yil 18-mayda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Faoliyatini Qirgʻizistonning „SKA-Dostuk“ va „Alga“ jamoalarida boshlagan. 1995-yilda yarim himoyachi Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan va u yerda yetti mavsum davomida oliy liga ishtirokchi jamoalari, „Atlaschi“, „Kosonsoy“ va Bekobodning „Metallurg“ klublarida oʻynagan. Faoliyatini Rossiyada yakunlagan. Bir necha yil PFL jamoalarida, keyinchalik esa havaskorlar darajasida oʻynagan.
Milliy terma jamoa 1994-yil 13-aprelda Qirgʻiziston terma jamoasi safida Turkmanistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va milliy terma jamoasi bilan 1:5 hisobida yirik magʻlubiyatga uchragan. Aleksey oʻyinning 37-daqiqada Arkadiy Mahmudov oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 2001-yilgacha terma jamoa tarkibida oʻyinlar ishtirok etgan. U terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazgan va 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralash turnirida Yaman darvozasiga bitta gol urgan.
Yutuqlar
Qirgʻiziston chempionati kumush medal sohibi (2): 1993, 1994.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:18-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Orto-Nur Sokuluk futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Shaxtyor Qizilqiya futbolchilari Turkum:FC Diana futbolchilari Turkum:FC Nosta Novotroitsk futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari