Muhammad Naqiy ibn Muhammad ibn Husayn ibn Zaynulobidin ibn Ali ibn Ibrohim al-Momaqoniy, at-Tabriziy (hijriy 1248-yil (milodiy 1833-yil)da tavallud topib, Najafda mahdiy maqomida hijriy 1312-yil (milodiy 1895-yil)da vafot etgan) — olim, adib va shoir boʻlgan. Laqabi — „Nayyir“ („Yuzidan nur yogʻilib turuvchi“). Tabrizlik „Hujjatu-l-islom“ („Islom hujjati“) nomi bilan mashhur boʻlgan.

Asarlari „Sahifatu-l-abror“ („Ulugʻlar sahifasi“); „al-Laʼoliy al-manzuma“ („Nazmiy durdonalar“); „Mafotihu-l-gʻayb“ („Gʻayb ilmining kalitlari“); „Ilmu-s-soati“ („Vaqt ilmi“); „Lamhu-l basar“ („Lahzalar“).

Manbalar