Xoʻja Turob ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining Tumor qishlogʻida joylashgan qabriston. Ziyoratgohga Imom Abdullox Bohir dafn etilgan. Aniq dalillar boʻlsa-da, mazkur mozorni aksariyat hollarda Imom Muxammad Boqirga (676-734) nisbat beradilar. Bu haqida M. Boʻriyev va T. Qambarovlar oʻzlarining „Xojai Turob bobo“ nomli kitobida maʼlumot bergan. Aholi tasavvurida Imom Muxammad Boqir va Imom Abdullox Bohirni bir shaxs sifatida yoki ularni Fargʻona vodiysiga birga kelganligi toʻgʻrisida qarashlar mavjud boʻlgan. Imom Zayn al-Obidinning farzandlaridan biri boʻlgan Imom Muhammad Boqir Madinada dunyoga kelib, 734-yilda 59 yoshida Madinada (baʼzi manbalarda 57, 58, 60 yoshda deyilgan) vafot etgan va otasi imom Zayn al-Obidinning yoniga dafn etilgan.
Imom Muhammad Boqirning dafn etilgan joyi aniq boʻlsada, biroq musulmon dunyosida Hazrat Alining boshqa avlodlari singari Imom Muxammad Boqir bilan bogʻliq bir necha ziyoratgohdar mavjud boʻlgan. Shu- ningdek, Qoʻqon shahridagi Sarmozor qabristoni ham Imom Muhammad Boqir nomi bilan atalganligi hakida maʼlumotlar uchraydi. 1794-yilda Qoʻqon shahrining Parpashabof mahallasida Mingoyim tomonidan qurdirilgan madrasa ham Imom Boqir deb atalgan. Yana qarang Hakim xalfa ziyoratgohi Shayxon ziyoratgohi Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi diqqatga sazovor joylar Turkum:Ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyatidagi ziyoratgohlar Turkum:Fargʻona viloyati