{ "type": "FeatureCollection", "features": [
"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "school" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 71.79048526687666, 40.37829527885944 ]
] } Fargʻona shahridagi Prezident maktabi — 2021-yil 6-noyabr kuni Fargʻona shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Maktabga Kanada, AQSH, Filippin, Yangi Zelandiya, Zimbabve va Yamayka kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular bilan birga 22 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Ochilish tarixi Fargʻona shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 6-noyabrda ochilgan. Oʻquv kompleksi qurilishi uchun 80 milliard soʻm sarflangan. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, oshxona, sport zali, bosseyn va 15 oʻrinli oʻqituvchilar yotoqxonasi mavjud. 2021-yilda 10 mingga yaqin talabgorlar ushbu maktabda oʻqish istagini bildirgan va ulardan 144tasi imtihon asosida oʻqishga qabul qilingan. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.
Qulayliklar Maktab oʻquvchilari bepul taʼlim, 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Har bir oʻquvchi davlat tomonidan maktab davrida foydalanish uchun shaxsiy komputer bilan taʼminlanadi. Darslardan soʻng kamondan otish va chavandozlik, suzish, futbol kabi sport turlaridan va drama hamda musiqiy asboblar oʻrganish uchun mashgʻulotlar tashkil qilinadi.
Hamkorlik Fargʻona shahridagi Prezident maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Fargʻona viloyat boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Taniqli shaxslari Dilafruz Sobirova — AQSHning nufuzli Garvard universitetiga Integrative Biology yo‘nalishi bo‘yicha 392 000 AQSH dollari miqdoridagi 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilingan.
Manbalar
Havolalar Fargʻona Prezident maktabining rasmiy telegram kanali Fargʻona Prezident maktabining rasmiy YouTube kanali Fargʻona shahridagi Prezident maktabi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining rasmiy veb-sayti Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining rasmiy Facebook sahifasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining rasmiy Instagram sahifasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining rasmiy kanali
Turkum:Prezident maktablari Turkum:Fargʻona viloyati Turkum:Oʻzbekistondagi prezident maktablari Turkum:Fargʻona viloyatida oʻquv yurtlari