Arda Güler (2005-yil 25-fevral, Anqara, Turkiyada tugʻilgan) — turkiyalik futbolchi, La Liga klubi „Real Madrid“ va Turkiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp tepadi. Arda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Klublardagi faoliyati

Dastlabki faoliyat Güler yoshlik faoliyatini 2014-yilda Anqaraning Gençlerbirligi klubida boshlagan. U 2019-yilda Fenerbahche yoshlari safiga qoʻshiladi.

Fenerbahche Güler 2021-yilning 13-yanvarida Fenerbahche bilan ikki yarim yillik professional shartnoma imzolaydi. U qobilyatli bola deb hisoblanadi va kelajak uchun katta istiqbol sifatida koʻriladi.

2021-22 mavsum Güler 2021-22 yilgi UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida Finlandiyaning HJK klubiga qarshi oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qildi. 2021-yil 19-avgust kuni „Shukru Saracogʻlu“ stadionida boʻlib oʻtgan bahs Fenerbaxchening 1:0 hisobida yakuniga etgan. 2021-yil 22-avgust kuni Superligadagi birinchi oʻyinida u golli uzatmani amalga oshiradi. Oʻyinning 89-daqiqasida Miha Zaycga 1:0 hisobida gol uradi.

2021-22 yilgi mavsumda u koʻproq oʻynay boshladi. Güler 17 yoshga toʻlganidan uch hafta oʻtib 2022-yilning mart oyida Superliga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi. 2022-yilning may oyigacha Güler 255 daqiqa maydonda top suradi. Bu vaqt mobaynida 3 ta gol uradi va 3 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Faoliyatidagi ajoyib boshlangʻichdan soʻng, „Arsenal“, „Liverpul“, „Bavariya“, „Borussiya Dortmund“, „Barselona“ va „PSJ“ kabi Yevropaning yirik klublari uni sotib olishga qiziqish bildirishgan.

2022-yilning 17-martida Fenerbahche Güler bilan 3 yillik shartnoma imzolashini eʼlon qiladiArmamızla Uzun Yıllar Yeni Başarılara.

2022-23-yilgi mavsum 2022-23-yilgi mavsum boshida, Mesut Özil ketganidan soʻng, Gülerga Fenerbahche muxlislari uchun alohida maʼnoga ega boʻlgan 10 raqami berildi, bu klub afsonasi Aleks de Souzaning raqamidir. U mavsumdagi ilk oʻyinini Kasımpashaga qarshi oʻtkazdi va 21 daqiqalik oʻyinda 2 ta gol urdi.

11-iyun kuni Arda Turkiya kubogi-2023 finalida Istanbul Boshakshehirga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi .

2023-yilning 6-iyulida Güler Instagramda „Fenerbaxche“ni tark etishini eʼlon qildi va bu uning turk klubidagi faoliyati yakuniga etdi.

Real Madrid 2023-yilning 6-iyulida Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi Güler bilan 2029-yilning iyunigacha davom etadigan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bitim uning ozodlik toʻlovini 20 million yevro miqdorida toʻlashi bilan imzolandi. „Fenerbahche“ bilan sobiq shartnomasidagi 17,5 million evrodan oshib ketdi. Guler „Real“dan sobiq jamoasi uchun mablagʻ olish uchun uning ozodlik moddasidan tashqari toʻlashni soʻradi. Shunday qilib, „Real Madrid“ uning tovon pulini ishga tushirdi va 20 million evro toʻladi, bu uning hozirgi tovon pulidan koʻproq.

Terma jamoadagi faoliyati Güler Turkiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. U 2022-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) debyut qilgan.

Statistika +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy KubokYevropaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFenerbahche2021-22Superliga12300401632022-2320451101356Umumiy faoliyat statistikasi32751141519

Xalqaro faoliyati +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol Turkiya 2022 1 0 2023 1 0 Jami 2 0

Yutuqlar Fenerbahche

Turkiya kubogi : 2022-23

Manbalar

Havolalar

Arda Güler UEFA saytida Arda Güler Soccerbase.com saytida (oʻyinchi)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar