"type": "FeatureCollection", "features": [

"type": "Feature", "properties": { "marker-color": "#000000", "marker-size": "medium", "marker-symbol": "hotel" }, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 71.71782398105867, 40.47655959404292 ]

] } „Yodgorlik“ ipakchilik fabrikasi — dastlab 1924-yili Margʻilon shahrida artel shaklida tashkil etilgan ipak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fabrika. Fabrika keyinchalik „Xon atlas“ nomi bilan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish ishlarini davom ettirgan. Avval boshda artel oʻlaroq faoliyat koʻrsatib, 1981-yilda yirik korxonaga aylangan. Korxona, shuningdek, 1991-yili UNESCO tashkiloti tomonidan turizm yo‘nalishida qoʻshgan hissasi sabab xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Germaniyaning Das Erste telekanali bu korxona misolida ayollarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari borasida maxsus lavha tayyorlagan.

Tarixi Oʻzbekiston SSR tashkil etilgandan soʻng unda faoliyat boshlagan yangi hukumat tomonidan olib borilgan dastlabki ishlardan biri hunarmandchilik kooperatsiyalari (artellar)ning tashkil etilishi boʻlgan. Shunday artellardan biri Margʻilon shahrida 1924-yilda tashkil etilgan ipakchilik arteli edi. Ushbu artel negizida 1971-yilga kelib korxona bunyod etilgan.

90-yillarda eng birinchilardan boʻlib „Yodgorlik“ ipakchilik fabrikasi xususiylashtirila boshlangan. Fabrikaning bugungi kundagi rahbari Aʼzamxon Abdullayev bu jarayonlar haqida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan:

2000-yillarga kelib Korxona toʻliq xususiylashtirilgan va „Yodgorlik“ MCHJga aylantirilgan. 2019-yil maʼlumotlariga koʻra fabrikada ishlab chiqilgan mahsulotlarning 70% Xitoyga eksport qilib kelingan. 2021-yilda ishlab chiqilgan ish dasturiga koʻra xorijlik hamkorlar ko‘magida 2022-yili Tojikiston hamda Qirg‘izistonning Oʻsh, Soʻg‘d viloyatlari, shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan kelgan qatnashchilar ishtirokida „Fergana Valley“ festivalini o‘tkazish reja qilingan. 2023-yilda esa Moda haftaliklari oʻtkazish belgilangan.

Manbalar

Turkum:Shirkatlar Turkum:Fabrikalar Turkum:Ipakchilik Turkum:Margʻilondagi fabrikalar