Sodiq Toshxoʻjayev (1906-yil tavallud topgan — 1938-yil vafot etgan) — Namangan shahri kasaba soyuz sovetida klub mudiri. Namangan shahar komsomol komitetining sekretari.

Hayoti va taʼlimi S. Toshxoʻjayev 1906-yilda Namangan viloyati Namangan shahrida etikdo‘z-hunarmand oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. Asosiy kasbi — xizmatchi. Onasi 1906-yilning oʻzidayoq vafot etgan. Otasi esa 1919-yilda vafot etgan. Toshkent shahri, Pushkin ko‘chasi, 19-uyda istiqomat qilgan.

SSSR Harbiy Oliy sudi hamjamiyati sayyor sessiyasining 1938-yil oktyabr oyida oʻtkazilgan yig‘ilishida 15 yil qamoq jazosi berilgan. Ammo manbalarda qaysi lagerda va qachon jazo muddatini o‘tagani, lagerdagi hayoti, mehnat faoliyati, u yerdan qaytgan yoki qaytmaganligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas.

Maʼlumoti — o‘rta. 1922-yildan 1924-yilgacha Namangan shahridagi bolalar xodimlari tayyorlaydigan kurslarda tahsil olgan. 1929-yilda O‘zKompartiya Markaziy Komiteti qoshidagi partiya targ‘ibotchilari tayyorlaydigan kursni oʻqib tugatdi. 1932—1933 yillar oraligʻida Samarqandda joylashgan UzGUda o‘qidi, bu joydan 2-kursga oʻtganda siyosiy bo‘limda ishlash uchun safarbar qilindi.

Faoliyati 1917-yildan 1922-yilgacha boʻlgan muddatda Mulla Otaboy va Nasriddin Qodirov ismli boylar qo‘l ostida batrak bo‘lib xizmat qilgan. 1924—1926-yillarda Chust shahridagi bolalar uyida tarbiyachi bo‘lib ishlagan, 1926-yil — 1927-yil Namangan shahar kasaba soyuz sovetida klub mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 1927-yildan 1928-yilgacha Namangan shahar komsomol komitetining sekretari bo‘lib ishlagan. Shundan soʻng 1928-yil Asakaga tuman komsomol komiteti sekretari lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 1929-yilgacha xizmat qilgan. 1930-yilning oxirlaridan Andijon okrug xalq maorifi bo‘limi ijtimoiy tarbiya mudiri, keyinchalik Kadrlar bo‘limi mudiri boʻlgan. 1930-yil oxirida okruglar tugatilishi sababli Baliqchi tumaniga o‘tkazilgan va bu tumanda 2 yil xalq maorifi bo‘limi mudiri, shu vaqtning o‘zida tuman sog‘liqni saqlash mudiri lavozimida ham faoliyat olib bordi. 1933-yilning 10-mart sanasidan 1935-yilgacha birinchi Marg‘ilon MTS komsomol ishi bo‘yicha siyosiy bo‘lim yordamchisi bo‘lib xizmat koʻrsatgan. 1935-yil yanvar oyidan boshlab, siyosiy bo‘limlar tugatilgandan soʻng Oktyabr tumani komsomol komitetining sekretari lavozimida ishlagan. 1935-yil 5-maydan 1937-yil 13-yanvargacha O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi Markaziy Komitetining komsomol rahbariyat organlari bo‘limi mudiri bo‘lib, keyinroq bu lavozimdan LKSMUZ Markaziy Komiteti qaroriga binoan Qo‘qon shahar komsomol komiteti sekretari lavozimiga o‘tkazilgan.

Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Sovet davri qatagʻon qurbonlari Turkum:Oʻzbekiston SSR kishilari Turkum:Turkiston ASSR