Ismoiljon Mahamadjanovich Malikov (1973-yil 19-yanvar, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻizPo nekotorim dannim, imel takje grajdanstvo Uzbekistana futbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻyin boradi. 1999-yilgi Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Biografiya Ilmoiljon Malikov 1973-yilning 19-yanvar sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.
Sport faoliyati Ismoiljon Malikov SSSR chempionatining so‘nggi mavsumida Andijonning „Navro‘z“ klubi uchun ikkinchi liga bahslarida o‘ynay boshlaydi. SSSR parchalanib ketganidan keyin ham bir necha yil davomida „Navroʻz“ klubi safida Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlarini davom ettiradi. 1992—1997-yillarda oliy ligada umumiy hisobda 90 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik qisqa fursat ichida Qirgʻiziston chempionatida ishtirok etuvchi klublar safiga oʻtadi — 1992-yilda „Spartak“ (Toʻqmoq), 1995- yilda esa „Dinamo“ klubi bilan (Oʻsh) oʻyinlarda maydonga tushadi.
1990-yillar oxiriga kelib Malikov Qirgʻizistonga qaytib keladi. 1999-yilda „Jashtik-Ak-Altin“ (Yoshlik-Oq-Oltin) jamoasi tarkibida o‘ynaydi va jami 16 ta gol bilan Qirg‘iziston chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topiladi. Ushbu oʻyinlarda Malikov jamoasi bilan birgalikda chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritadi. Keyingi yili futbolchi „Dinamo-Oloy“ (O‘sh) jamoasida o‘yinlarini davom ettiradi va Qirg‘iziston kubogi finaligacha yetib borgan holda va umumiy 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purar futbolchisi deb topiladi.
2002-yildan 2010-yilga qadar Malikov „Jashtyk-Ak-Altyn“ tarkibida toki jamoa tarqab ketmagunga qadar oʻyin olib boradi.
Yutuqlari Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioni: 2003 Qirgʻiziston Premyer-ligasi kumush medal sohibi: 2002 Qirgʻiziston Premyer-ligasi bronza medal sohibi: (5) 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 Qirg‘iziston kubogi finalchisi: (6) 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2008
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oq-Maral FK futbolchilari Turkum:FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari Turkum:Dinamo Oʻsh klubi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar