Andrey Oleksandrovich Malchevskiy (1968-yil 1-dekabr, Ukraina SSR) — ukrainalik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan.

Biografiya Andrey kattalar futbolidagi faoliyatini juda kech, 25 yoshida 1993-yilda Budivelnik pivo zavodining „Budivelnik“ futbol jamoasida boshlagan. U jamoa tarkibida Ukraina havaskorlar chempionatida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.

Oʻzbekiston jamoalari 1994-yil O‘zbekiston chempionati vakili Namanganning „Kosonsoy“ jamoasi bilan shartnonma imzoladi. „Kosonsoy“ jamoasi tarkibida ikki yil davomida harakat qilib, Oʻzbekiston Birinchi ligasi va Oʻzbekiston Kubogida 42 ta oʻyinda ishtirok etib 17 ta gol muallifiga aylandi.

1996-yilda Oʻzbekiston Superligasi vakili „Xorazm“ klubi safiga oʻtib, yuqori ligada 6 ta oʻyinda maydonga tushdi. Yozgi transfer oynasida Ukraina jamoasidan tushgan taklif tufayli xorazmliklar jamoasini tark etdi.

U 1996/97-yilgi mavsumni „Sistema-Borex“ aʼzosi sifatida boshlagan, uning futbolkasida 1996-yil 8 sentyabrda Ukraina Ikkinchi ligasi „A“ guruhida 5-turining uy uchrashuvida Varvinning „Fakela“ jamoasiga qarshi durang (1:1) qayd etilgan oʻyinida debyut qilgan edi. Andrey maydonga asosiy tarkibda maydongga tushdi, 28-daqiqada sariq kartochka oldi va 60-daqiqada esa uning oʻrniga Volodimir Ralchenko tushdi. 1996-yilning birinchi yarmi va oʻrtalarida Ukraina Ikkinchi ligasida 2 ta oʻyin oʻtkazdi.

1996-yil sentyabr oyining oxiridan oktyabr oyining oxirigacha u Romaning „Elektron“ jamoasi safida Ukraina havaskorlar chempionatida toʻp surdi (4 oʻyinda qatnashib 1 gol muallifi boʻldi). 1997-yilda yana Oʻzbekiston Birinchi ligasi jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Dasrlab 1997-yil Toshkentning „Chilonzor“ klubida boshlagan boʻlsa, 1998-yil sobiq jamoasi Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston Superligasi oʻyinlarida „Chilonzor“ (11 ta o‘yin, 1 ta gol) va „Kosonsoy“ (22 ta o‘yin, 1 ta gol) jamoalari safida bir mavsum davomida toʻp surgan.

1999-yilda Bangladeshning „Muhammedan“ klubiga o‘tgan bo‘lsa, mavsum davomida, yozgi transfer oynasi vaqtida O‘zbekistonning „Zarafshon“ jamoasiga o‘tib, O‘zbekiston oliy ligasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan edi.

1999/2000-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida u Hindistonning „Cherchill Brothers“ klubiga oʻtdi.

U keyingi mavsumni Hindistonning boshqa bir klubi „IST Bengal“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi.

Xorij jamoalarida oʻtgan bir necha mavsumdan soʻng 2006-yil Ukrainaga qaytdi. 2006-yildan 2009-yilgacha u Kiyevning „Olimpik“ jamoasida tarkibida Kiyev shaharida havaskorlar chempionatida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Futbolchining oʻyinlari statistikasi UAF rasmiy saytida UPL rasmiy veb-saytida futbolchining tashrif qogʻozi Profіl futbolіsta (ruscha) Oʻyinchi profili „Ukraina futboli“ veb-saytida Oʻyinchi profili [Arxivlangan 2021-yil 22 aprel,] playersfootball.ru veb-saytida (ros.) Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Chilonzor klubi futbolchilari