Aleksandr Aleksandrovich Frank (; 1982-yil 23-sentyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — tojikistonlik-germaniyalik futbolchi, markaziy yarim himoyachi va himoyachi. Tojikiston kubogi chempioni va sovrindori, OFK prezidenti kubogi sohibi.

Faoliyati Aleksandr Frank bolaligida Avstriyaga, keyin esa otasi bilan Germaniyaga koʻchib oʻtgan. U „Sankt-Pauli“ klubi maktabida tahsil olgan. 15 yoshida „Sherif Tiraspol“ jamoasiga o‘tgan. Biroq asosiy tarkibda o‘ynamagan.

1999-yilda Frank Avstriyaning „Admira Vakker Mödling“ jamoasiga oʻtdi. Keyingi mavsumda Avstriyaning boshqa bir klubi — „Vurmla“ safidada harakat qildi. 2001-yildan Germaniyaning mahalliy darajadagi klublarida oʻynadi. Ulardan eng mashhuri „Rot-Vays“ (Erfurt) klubi hisoblanadi. Frank Shlezvig-Golshteynning „Vorverk“ klubi safida okrug chempionatida oʻynagan.

2000-yillarning oʻrtalarida Aleksandr Frank Tojikistonga koʻchib oʻtdi. Milliy chempionatning oʻrtamiyona klublari — Dushanbening „SSKA-Pomir“ va „Energetik“ jamoalarida oʻynadi. 2010-yilning yozida „Istiqlol“ klubiga ko‘chib o‘tdi. O‘sha mavsumda Tojikiston chempionati va kubogi sohibiga aylandi. Frank keyingi mavsumni Oʻzbekistonning „Qizilqum“ klubida oʻtkazdi. 2011-yil yakunlariga koʻra mazkur futbolchi klub safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan (oʻyinlarning 6 tasini asosiy tarkibda boshlagan), raqiblar darvozasiga toʻp kiritmagan, 2 ta sariq kartochka olgan. 2012-yilda „Istiqlol“ga qaytdi va OFK Prezidenti kubogi sohibiga aylandi. Shu yillar davomida Tojikiston chempionatidagi tanaffuslarda Frank Germaniyaning havaskor klublarida o‘ynadi.

2013-yilda „Istiqlol“ bilan shartnomasi yakunlangach, professional faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari

„Istiqlol“ klubi safida Futbol boʻyicha Tojikiston chempionati gʻolibi: 2011-yil OFK Prezidenti kubogi sohibi: 2012-yil

Oilasi Turmush qurgan. Oʻgʻli Ruslan (2007-yilda tugʻilgan).

Otasi — 1980-yillarda „SSKA Pomir“ klubi tarkibida harakat qilgan futbolchi Aleksandr Azimov (1961-yilda tugʻilgan).

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:FC Barkchi futbolchilari Turkum:FC Rot-Weiß Erfurt futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi uhojir erkak futbolchilar