Bu musiqiy guruh haqidagi maqoladir. Buddaviy tushuncha uchun nirvana maqolasini qarang.
Nirvana — granj janridagi amerikalik rok-guruh. „Smells Like Teen Spirit“ (1991) hiti orqali sanʼat dunyosiga kirib kelgan. Nirvana Sietldagi Alice in Chains, Pearl Jam va Soundgarden granj guruhlari kabi mashhur boʻlib ketdi. „Nevermind“ albomi chiqqanidan keyin AQShda radio va televideniyeda granjga koʻproq vaqt ajratiladigan boʻldi.
90-yillar ommaviy axborot vositalarining koʻzi Kurt Cobainda edi. Guruhning juda yorqin va afsuski juda qisqa faoliyati 1994-yil Kurt Cobainning oʻlimi bilan tugaydi. Lekin guruhning mashhurligi bu bilan toʻxtab qolmadi, aksincha borgan sari oʻsib bordi. Kurt Cobainning oʻlimidan 2 oy oldin guruh aʼzolari ustida ishlashni boshlagan „You Know You're Right“ qoʻshigʻi 8-yildan keyin AQSh va Yevropa hit-paradlarida birinchi qatorlarni egalladi. Nirvana albomining chiqqan kunidan to 2006-yil 26 sentabrgacha olib borilgan hisoblarga koʻra 60 million albom sotilgan. Amerikada 10 million „Nevermind“ albomi sotilgan.RIAA Top 100 Albums 2006, 26 sentabr maʼlumotlari
Guruh tarixi
Boshlangʻich yillar
Kurt Cobain va Krist Novoselic 1985-yil tanishadilar. Ikkalovi ham Melvins guruhining muxlislari va doʻstlari boʻladilar. Bir qancha martta oʻz guruhlarini tashkil qilmoqchi boʻladilar. Lekin har safarida baʼzi sabablarga koʻra buni amalga oshira olmaydilar. Oxiri ular Aaron Burckhard bilan tanishadilar va Nirvanani tashkil qiladilar.
"Oʻsha paytlar xuddi Gang of Four va Scratch Acid guruhlarining kopiyalaridek ijod qilar edik, " — deydi Kobeyn.Azerrad, Michael. „Come as You Are: The Story of Nirvana“. Doubleday, 1993. , 294 bet. Bir qancha oydan keyin Burkxard guruhdan ketadi va uni oʻrniga vaqtinchalik Melvins guruhining barabanchisi Deyl Krover keladi. Uning baraban chalishlarini guruhning ilk demolarida eshitishimiz mumkin. Kroverdan keyin, uning oʻrniga Deyv Foster keladi. Guruh ilk oylarida nomini bir necha martta oʻzgartiradi („Skid Row“, „Pen Cap Chew“, „Bliss Throad Oyster“, „Windowpane“ va „Ed Ted Fred“). Oxiri 1988-yil guruh Nirvana nomida toʻxtaydi. Bu nom ostida birinchi marta 1988-yilning mart oyida sahnaga chiqadilar. Ikki oydan keyin guruhga Chad Channing qoʻshiladi.
Guruhning birinchi rasmiy plastinkasi „Love Buzz“ 1988-yil chiqadi. 1989-yil iyun oyida guruh oʻzining yangi albomi „Bleach“ni chiqaradi. Albomga Djek Endino produserlik qiladi. Birinchi ming plastinka oq vinilga bosiladi. Keyingi ikki ming plastinka esa qora vinilga bosiladi va bu ilk uch ming plastinka bilan plakatlar ham beriladi. Qolgan plastinkalar esa qora va oqdan tashqari turli ranglarda bosiladi. Hammasi boʻlib 35 ming ekzemplyar chiqariladi. „Bleach“ albomida Melvins, Mudhoney, Black Sabbath va Led Zeppelin guruhlarining taʼsiri bilinib turar edi. Qoʻshiqlarning matniga Semuel Bekket va Charlz Bukovskining ijodi tasir qilgan. 1989-yil 22 iyunda Nirvana Amerikada katta turnega chiqadilar va 26 ta shaharda sahna oladilar. 2001-yil „Rolling Stone“ jurnaliga intervu bergan Novoselic: "Oʻsha turne paytida furgonimizda oʻtirib faqatgina bitta kasseta eshitardik, kassetaning bir tarafida The Smithereens, ikkinchi tarafida esa Celtic Frostning albomi oʻynardi, " — dedi va bu kombinatsiya ularning ijodiga ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkinligini aytdi.Fricke, David. „Krist Novoselic“. Rolling Stone. 13-sentabr 2001-yil. „Bleach“ chiqishi bilanoq bir qancha kollejlarning radiolarida eng mashhur albomga aylandi.
Albomni chiqarishga ketgan 606 dollar va 17 sentni Jayson Everman berdi. Cobainni u bilan Dilan Carlson tanishtirgan edi. Channing esa uni beshinchi sinfdan beri tanir edi. Everman boʻsh vaqtlarnini guruh bilan oʻtkazadigan boʻldi. Alaskada baliqchi boʻlib ishlab kelgan Everman albom uchun pul kerak boʻlganda osonlikcha ularga qarz berib turdi. Albomning muqovasida Djeyson Evermanning ham nomi bor, lekin u albom yozish jarayonida ishtirok etmagan. Albom yozilib boʻlganidan keyin Everman vaqtinchalik guruhda ikkinchi gitarachi sifatida qoladi va guruhdan birinchi Amerika turnesidan keyin ketadi. Guruhdan ketganidan keyin Soundgarden guruhida bas-gitara chaladi va keyinchalik Mind Funk guruhiga qoʻshiladi. Nirvana unga olgan qarzini qaytib bermaydi.
1989-yilning kuzida Nirvana Yevropada turnega chiqadi. Ular 42 kunda 36 ta konsertda chiqishlari kerak edi.
1990-yilning boshlarida Nirvana yangi albom ustida ishlashni boshlaydi. Bu safar Nirvaning produseri Butch Vig boʻladi. Medisondagi Smart Studiosda guruh yangi albomidagi 7 ta qoʻshiqni yozadi. Studiyada albom yozayotgan paytlarida Kurt va Kris ularga kerak boʻlgan barabanchi Chad emas degan hulosaga keladilar va Chad guruhdan ketadi. Bir qancha hafta barabanlarda Melvins guruhidagi Deyl Krover oʻynaydi. Undan keyin esa Mudhoneyning barabanchisi Den Piters keladi va u bilan guruh „Sliver“ qoʻshigʻini yozadi. Oʻsha yili The Melvins guruhidagi Bazz Osbourn ularni Dave Grohl bilan tanishtiradi. Dave Vashingtonlik "Scream" hardcore guruhida barabanchi boʻlgan.Azerrad, Michael. „Come as You Are: The Story of Nirvana“. Doubleday, 1993. , 151 bet. Guruh 1990-yilda tarqalgan.
Nevermind
1990-yilning yozida Soundgarden guruhining menejeri Susan Silver guruhni Jane's Addiction va Faith No More guruhlari bilan ishlagan bir yurist bilan tanishtirib qoʻyadi. Yurist katta ovoz yozish studiolari bilan shartnomalar tuzadi. Bir firma bilan shartnoma tuzayotganda Kurtni aqliga bir fikr keladi. Million dollarni olib keyin esa tarqalib ketish, xuddi Sex Pistols kabi. U bu fikrini yurist bilan poylashadi yurist esa Kurt hazillashyapti deb oʻylaydi. Ozginadan keyin Susan Silver ularni mashhur menejer Denni Goldberg bilan tanishtirib qoʻyadi. Goldberg ularni Gold Mountain Entertainment firmasiga olib kirib qoʻyadi. Oxiri kelishib Geffen Recordsfirmasida toʻhtashadi. Firmaning boshligʻi alternativ rok bilan shugʻullanuvchi DGC Records leyblini ochadi. 1991-yil 4-yanvarda protokol imzolanadi. 30-aprelda esa ikkita albom uchun shartnoma imzolanadi. Guruh 287 ming dollar avans oladi deb kelishiladi. Sub Pop Records bilan ham kelishilgan edi. Firma 75 ming dollar va albomlarning sotuvidan kelgan mablagʻning 2 foizini olardi. „Nevermind“ albomining orqa muqovasida Sub Pop logosi qoʻyilgan. Bu guruhning foydasini biroz kamaytirsada, bankrot boʻlaman deb turgan firmani bu ahvoldan qutqaradi. Shartnomaga koʻra Nirvana Sub Pop uchun yana bitta singl yozishi kerak edi va Molly’s Lips qoʻshigʻi Sub Popga beriladi. Qoʻshiq „Singles Club Sub Pop“ seriyasida chiqadi. Plastinkani birinchi toʻrt mingi yashil vinilda bosiladi. GME guruhning har bir aʼzosi uchun ming dollardan moʻljallab beradi, lekin bu ularga yetmaydi va ular Vashington (shtat)Vashingtondagi bir musiqiy magazinda oʻz rasmlari bosilgan maykalarni sotadilar.
right|thumb|Novoselic (chapda) va Cobain 1992-yilda
1991-yil may oyida Nirvana ikkinchi albomlarini ustida ishlash uchun Kaliforniyaning Van-Nays shahridagi „Sound City“ studiosiga keladilar. Gruppa oʻz produserini oʻzgartirmaslikka qaror beradi. Albomni yozish uchun atigi 135 ming dollar ketadi. 2 oy har kuni 10 soatdan ishlab koʻp qoʻshiqlar yozadilar. Baʼzi qoʻshiqlar repertuarda avvaldan bor edi. Qolgan „On a Plain“ i „Stay Away“ kabi qoʻshiqlarning studio sessiyalarining birinchi oyida matni hali bitmagan edi.Azerrad, Michael. „Come as You Are: The Story of Nirvana“. Doubleday, 1993. , 176—177 betlar.
Yozilgan qoʻshiqlarni koʻzdan kechirish uchun DGC leybldan Andy Wallace taklif qilinadi. Albomni yanada chiroyli qilish uchun Andy Wallace bir qancha oʻzgarishlar kiritadi. Albom chiqqanidan bir qancha oy keyin Cobain bir intervuda albomning musiqasini juda tekis qilib yuborgani aytib Andydan shikoyat qiladi.
DGC Records 250 ming „Nevermind“ albomini sotishni moʻljal qilayotgan edilar. Albom chiqqanidan 6 oydan keyin albom faqatgina Amerikada uchinchi platinali albom boʻldi va „Smells Like Teen Spirit“ qoʻshigʻiga olingan klip MTV ekranlaridan uzoq vaqt arimadi. Alternativ Rokning mashhurligini ortishi va Glem-metalning mashhurligini tushishi aynan shu albomning chiqishi bilan bogʻliq.
1991-yil yanvar oyida albom „Billboard“ jurnali hit paradida Michael Jacksonni ham ortda qoldirib birinchi oʻringa chiqdi. 1992-yilning boshlarida Avstraliya, Yangi Zellandiya, Yaponiya, Singapur mamlakatlarida konsertlar beradilar. Konsertlardan keyin 24-fevralda Cobain Courtey Lovega uylanadi. Toʻy Gavaya orollaridagi Vaykiki shahrida boʻladi. Shu yilning 18-avgustida qizlari Frances Bean dunyoga keladi. 30 avgustda esa Nirvana Angliyaning Reding shahridagi festivalda sahna oladilar. Koʻpchilik bu chiqishni Nirvananing eng yaxshi chiqishi deb biladi.NME.com — 2007-yil 20 fevralda Kurtning tugʻilgan kuniga bagʻishlab oʻtqazilgan tanlovda 1992-yil Redingdagi sahna olishlari eng yaxshi deb tan olingan
Oʻsha paytlar axborot vositalarida Kurtning kasal ekanligi va oʻlganligi haqida notoʻgʻri xabarlar yoyilib ketgan edi va Kurt tomoshabinlarga bir hazil qilmoqchi boʻladi. Invalid aravachasida boshiga oq parik eniga esa oq halat kiyib olgan Kurt sahnaga chiqadi va Bette Midlerning „The Rose“ qoʻshigʻini qisiq ovoz bilan aytishni boshlaydi va yiqiladi. Tomoshabinlar bu hazil ekanligini biladilar. Oʻrnidan sakrab turgan Kurt „Breed“ qoʻshigʻini bor kuchi bilan aytishni boshlaydi. Shouda Kurt qizli boʻlgani haqida tomoshabinlarga xabar beradi. 2005-yil Grohl „Loveline“ radiosiga bergan intervusida bu konsertdan oldin butun guruh aʼzolari shouning dabdala oʻtishiga amin boʻlganliklarini aytadi. Lekin bu shou Nirvananing eng esda qoluvchi shoularidan biri boʻladi.NME.com
Ikki haftadan keyin guruh „MTV Video Music Awards“ da sahna oladigan boʻladi. MTV boshqaruvi guruhning Smells Like Teen Spirit qoʻshigʻini chalishini xohlaydi. Lekin Nirvana yangi qoʻshiqlari Rape me (meni zoʻrla) ni aytmoqchi boʻladi. MTV norozi boʻladi va oxiri Lithium qoʻshigʻini ijro etishga kelishadilar. Sahnaga chiqishlari bilan Kurt Rape Me ni kuylashni boshlaydi va hech narsa boʻlmagandak Lithiumga oʻtib ketadi. Qoʻshiqning oxirlarida Krist gitarani otadi va ila olmaydi. Gitara uni boshiga tushadi. Hushidan ketay degan Krist sahnadan chiqib ketadi.Sergey Klimovitskiy. "100 stranits gruppi „Nirvana“", Nota-R bosmahonasi, Oʻsha payt Kobein apparaturani sindirayotgan boʻladi, Grohl boʻlsa mikrafonni olib: „Hoy, Eksl!“ — deb „Guns N' Roses“ning vokalisti Axl Rosega murojaat qilib baqiradi. Konsertdan oldin Nirvana bilan biroz kelishmovchiliklar boʻlgan boʻladi.Azerrad, Michael. „Come as You Are: The Story of Nirvana“. Doubleday, 1993. , 279 bet. Kurtning aytishicha Curtney Love Axlga hazil bilan qizining choʻqintirgan otasi boʻlishini soʻraydi. Eksl javob tariqasida Kobeynga ayoliga „Oʻchir ovozingni, qanjiq!“ degin deb aytadi. Kurt Lovega oʻgirilib: „Oʻchir ovozingni, qanjiq!“ — deydi, bu esa Nirvananing boshqa aʼzolarida kulgu uygʻotadi.
1992-yil 15-dekabrda Nirvana „Incesticide“ noyob qoʻshiqlar albomini chiqaradi. Albomda „Sliver“, „Dive“, „Been a Son“, „Aneurysm“ va The Vaselines guruhining kaver qoʻshiqlari bor edi. The Vaselines guruhi shu albom tufayli mashhur boʻlib ketgan.
In Utero 1993-yil "In Utero" albomini yozish uchun guruh produser Steve Albinini chaqiradi. Studiodagi sessiyalar Neverminddan farqli oʻlaroq qisqa ammo mazmunli surdi.