2023-yilning 29-iyul sanasida farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi „b“ bandiga asosan Fargʻona viloyati IIB tomonidan qamoqqa olindi. Asosiy sabab oʻlaroq shu yilning 12-iyun kuni „Qoʻqon Istiqlol“ savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shugʻullangan tadbirkorlardan savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari boʻyicha „Qoʻqonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki shar’iy boshqaruvmi?“ nomli salbiy mazmundagi maqolani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tarqatmaslik evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilganligi keltirilmoqda. Haydarov 10 ming AQSh dollaridan 7,5 mingini qoʻlga kiritib, qoʻshimcha 2,5 ming dollarni olayotgan vaqtida qoʻlgan olingan.

Olimjon Haydarov 1989-yilda RSFSRda tugʻilgan, hozirda O‘zbekiston fuqarosi.

Munosabatlar Haydarovning hibsga olinishi ortidan bir qancha ijtimoiy tarmoq faollari oʻz munosabatlarini bildirib oʻtishgan. Jumladan jurnalist Ilyos Safarov Haydarovning hibsga olinishi hamda Oʻzbekistondagi jurnalistlik tabular haqida quyidagicha fikr bildirgan:

Blogerning ukasi Salimjon Haydarov 29-iyul kuni taxminan soat 17:00 larda IIV xodimlari blogerning uyida tintuv oʻtkazishganligi va akasining hibsga olinishi haqida Gazeta.uz nashriga intervyu beradi:

2022-yilda Diniy mojaro 2022-yilning iyul oyida blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedovlar ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida „Qoʻqon shahrida noqonuniy Cherkov faoliyat olib bormoqda“ sarlavhali xabar yuzasidan diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallar tarqatishda ayblanib, 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan. Faoliyati noqonuniy deya gumonlangan „Vozrojdeniye“ nomli „Yevangel“ xristianlari cherkovi pastori Qoʻqon shahar, Chust koʻchasi 51-uyda joylashganligi, 2019-yildan boshlab rasmiy faoliyat yuritib kelayotganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasiga ega ekanligi, Yevangel-xristian diniga eʼtiqod qiluvchi fuqarolarga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlangan.

Ikkala blogerga ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-prim 3-moddasi — Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish ayblovi bilan 15-sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Olimjon Haydarov 2022-yil 24-iyul kuni soat 19:30 da qamoqdan ozod qilinadi. Ikki sutka maʼmuriy qamoqda saqlangan kuni uchun 90 ming soʻm qamoq xarajatlari undiriladi.

Fargʻonadagi ish tashlash Bloger Olimjon Haydarov 2022-yil dekabr oyida mitinglar tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzganlik, yolgʻon axborot tarqatganlikda ayblanib, Farg‘onadagi zavod ishchilarining norozilik namoyishi aks etgan videoni eʼlon qilgani, shundan soʻng 7 ishchi hibsga olingani ortidan 21 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan, mazkur kodeksning 34-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 mln soʻm) miqdorida jarima toʻlagandi. U Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 201-moddasi 1-qismi va 202−2-moddasi 2-qismida boʻyicha aybdor deb topilgan.

Haydarov Oʻzbekiston tumanidagi korxonalar gazdan uzilishi oqibatida „10 minglab aholi“ ishsiz qolayotgani, ular qatorida boʻlgan „Albus“ gips zavodi ishchilari gaz ulab berilishini soʻrab, koʻchaga chiqishayotgani haqida 6-dekabr kuni video tarqatgan.

Jarimaga tortilishi haqida bloger shunday deydi:

Manbalar

Turkum:2023-yil voqealari Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar