Joniqul Yusupov (1918-yil, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston ASSR — 1988-yil, Pastdargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — sovet davlat va jamoat, siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi.

Tarjimayi holi Joniqul Yusupov 1918-yilda Samarqand uyezdi Zormon qishlogʻida (hozirgi Pastdargʻom tumanida) tavallud topgan. Otasi Yusuf Chaqqonov ovchi boʻlgan boʻlib, davlatga tulki moʻynasi tayyorlab sotish bilan shugʻullangan. Yusuf Chaqqonovning 2 qiz, 9 oʻgʻli boʻlgan boʻlib, toʻngʻichi Joniqul Yusupov boʻlgan. Maktabni tugatgach, Pastdargʻom tumanidagi „Mehnat“ kolxozida xoʻjalik ishlari mudiri boʻlib ishlaydi. 1938-yilda harbiy xizmatga chaqirildi. 1941-yildan Ikkinchi jahon urushida ishtirok eta boshlagan. Dastlab 450-aerodromga (1-Ukraina fronti, 2-avia armiyasi) texnik xizmat koʻrsatish batalyoni tarkibida xizmat qilgan, harbiy xizmatining oxirida oʻsha batalyonda boʻlinma komandiri sifatida faoliyat olib borgan. Qo‘mondonlik topshiriqlarini namunali bajargani uchun serjant Yusupov „Jangovar xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Urushdan soʻng, oʻz qishlogʻidagi kolxozda ishlay boshlagan. 1973-yilda Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1950−1988-yillarda „Qizil mehnat“, Chkalov, Karl Marks nomidagi kolxozlarning raisi vazifasida ishlagan. Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti 5, 8, 9-chaqiriq va SSSR Oliy Soveti 10−11-chaqiriqlar deputati boʻlgan. 1988-yilda Pastdargʻom tumanidagi Zormon qishlogʻida vafot etgan.

Mukofotlari 1957-yil 11-yanvarda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, 1957-yil 11-aprel, 1975-yil 14-fevral Lenin ordeni, 1944-yil 5-sentyabrda „Jangovar xizmatlari uchun“ medali, 1985-yil 11-martda 2-darajali Vatan urushi ordeni, 1951-yil 7-mayda „Shavkatli mehnat uchun“ medali, 1965-yil 1-martda „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan paxtakor unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 11-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar