Larisa Moskalyova – oʻzbek xonandasi. Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti. Oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida qoʻshiqlar ijro etgan. Marvarid taxallusida ham ijod qilgan.
Biografiyasi Larisa Moskalyova 1974-yil 28-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Jizzax shahrida tugʻilgan. Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi davlat madaniyat institutini tamomlagan. Madaniyatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan.
Bolaligidan hayotini sahnaga bagʻishlab, turli musiqiy guruhlarda vokalchi sifatida faoliyat yuritgan. 1992-yildan „Ilhom“ teatridagi spektakllarda rol ijro eta boshlagan. Undan keyin esa „Oloviddin“ nomli musiqa va drama teatrida ishlagan. Bir yildan ortiq vaqt davomida u „Sport“ telekanalida „Rondo“ interaktiv tok-shousining boshlovchisi sifatida ishlagan. Shuningdek, Larisa Oʻzbekistonda taekvondo (WTF) boʻyicha qora belbogʻ sohibasi boʻlgan birinchi ayol hisoblanadi. U taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, bu sohada murabbiylik ham qilgan.
Yutuqlari Polsha musiqalar tanlovi, Toshkent, 1-oʻrin Koreys musiqalari tanlovi, Toshkent, 1-oʻrin „Tong yulduzi“ televizion tanlovi, Moskva, 1-oʻrin „Oʻzbekiston – mening ona Vatanim“ vatanparvarlik qoʻshiqlari respublika televizion tanlovi. Toshkent, Gran-pri Samarqanddagi „Sharq taronalari“ xalqaro folklor festivali, faol ishtirokchi „Sado“ estrada qoʻshiqlari respublika teletanlovi, 1-oʻrin „Tarona“ mukofoti, 1999-yil „Discovery“ xalqaro musiqa tanlovi, Bolgariya, 3-oʻrin Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Qoraqalpogʻiston xalq artisti
Shaxsiy hayoti Oʻzining yakkaxon faoliyati davomida Isroil, Germaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Faoliyati davomida 2 ta musiqiy klipda rol ijro etgan. Farruh Zokirovning „Manzura“ va „Super yulduz“ musiqiy kliplari shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va xorijda oʻtkazilgan bayram va konsertlarda ishtirok etgan. Larisa turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor.
Manbalar
Havolalar Biografiya L.Moskalevoy Intervyu s L. Moskalevoy Ofitsialniy sayt
Turkum:Jizzaxda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbek musiqachilari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Qoraqalpogʻiston xalq artistlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar