Vladimir Valiyevich Sobirov (14-yanvar 1958-yil – 1979-yil 11-avgust, Kamianske, Dnepropetrovsk viloyati) – sovet professional futbolchisi, yarim himoyachi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Biografiya Toshkent futboli maktabi tarbiyalanuvchisi. Vladimir 1975-yilda „Paxtakor“ jamoasining oʻrinbosarlar tarkibida oʻynagan boʻlsa, keyingi yili birinchi ligada asosiy jamoa tarkibida oʻtkazgan. 1977—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi (1977) Yangiariqning „Xorazm“ jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi ligasida oʻynagan. 1979-yilda „Paxtakor“ klubiga qaytib, oliy ligada toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.
Vladimir 1979-yil 11-avgustda 21-yoshida Paxtarkor klubi tarkibida safar oʻyinini oʻtkazish uchun uchib ketayotganda, Dneprodzerjinsk osmonida samolyot halokati natijasida vafot etgan. Vladimir Sobirov Toshkentdagi 1-qabristonga dafn etilgan.
Shaxsiy hayot Oʻgʻli Oleg (1978-yilda tugʻilgan) ham keyinchalik futbolchi boʻlgan va Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida oʻynadi.
Havolalar
Vladimir Sobirov Footballfacts saytida futbolchi profili Vladimir Sobirov Teams saytida futbolchi profili Vladimir Sobirov Sport-strana.ru saytida futbolchi profili
Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:11-avgustda vafot etganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:Kamianskeda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar