Mariya Nikolayevna Boyko (1997-yil 15-fevral, Zaxonye-2, Leningrad viloyati), Mia Boyka (), rossiyalik qoʻshiqchi va kino aktrisa, bloger, tiktoker. 2020-yil may oyida Rossiyadagi Forbes jurnali oʻzining „30 yoshdan 30 yoshgacha“ reytingida Mariya Boykoni „Musiqa“ nominatsiyasi gʻoliblar qatoriga qoʻygan.

Biografiyasi 1997-yil 15-fevralda Leningrad viloyati Zaxonye-2 qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni tugatgach, Rossiya iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiradi. Maktab yillaridan boshlab qoʻshiqlar yarata boshlagan. T-killah Mia Boykaning isteʼdodini payqagach, xonanda bilan prodyuser sifatida ishlashga qaror qiladi. Ularning birgalikda qoʻshiqlari ham bor, xususan, 2019-yilning iyun-iyul oylarida alohida singl sifatida chiqarilgan va yaqinda Boykaning „Dikaya lamba“ debyut mini-albomiga kiritilgan „Mama ne v kurse“ va „Lyod i noch“ qoʻshiqlari. 23-avgust kuni T-kill’ning YouTubedagi rasmiy kanalida „Mama ne v kurse“ qoʻshigʻi uchun videoklip namoyish etilgan.

left|thumb|270x270px| Mia Boyka 2021-yilda Sankt-Peterburgning „Beliye nochi“ festivalida

Mukofotlar va reytinglar

Jara Music Awards 2023 „Internet xit“ nominatsiyasida RU TV 2022 mukofoti: Nominatsiya – „Musiqiy blogger“ RU TV 2021 mukofoti: Nominatsiya -— „Musiqiy blogger“ "Top Hit Music Awards 2021 „Rossiyadagi YouTubeda yilning eng yaxshi kashfiyoti“ nominatsiyasida Muz-TV mukofoti 2021: Nominatsiya – „Yilning eng yaxshi kashfiyoti“ Rossiyalik YouTube foydalanuvchilari orasida 2020-yildagi eng yaxshi 10 ta musiqiy video nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan

Diskografiyasi

Albomlari Nomi Tafsilotlar „Proshchalniy albom“ Chiqarilishi: 2021-yil 27-avgust Leybl: Klever Label Format: raqamli distributsiya

Mini albomlar Nomi Tafsilotlar „Dikaya lamba“ Chiqarilishi: 2019-yil 26-iyul Leybl: Klever Label Format: raqamli distributsiya Manbalar

Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:15-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar