Maksim Agapov (; 1988-yil 20-mart, Bishkekda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik futbolchi, Urganchning „Xorazm“, Bishkekning „Dordoy“ va „Alga“ jamoalarida toʻp tepgan. Maksim darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Faoliyati 2010-yilda „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) jamoasiga oʻtib, oʻsha mavsumda chempion va kubok sohibi boʻlgan. 2011-yilda esa kumush medal sohibi boʻlgan. Neftchi jamoasi tarkibida AFC Prezidenti kubogi bahslarida ishtirok etgan.

2012-yilda Oʻzbekiston Birinchi ligasi ishtirokchisi „Xorazm“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Keyinchalik „Dordoy“ va „Alga“ jamoalarida oʻynagan. Qirgʻiziston jamoalari tarkibida Osiyo klublari turnirlarida toʻp surgan. 2014-yilgi mavsumni „Alga“ tarkibida boshlagan, biroq yozda „Dordoy“ jamoasiga qaytgan. 2014-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻlgan. 2015-yilgi mavsum yakunida u professional faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati Futbol boʻyicha Qirgʻiziston milliy terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Qirgʻiziston terma jamoasi Yil Isht Gol 2007 4 0 2008 2 0 2009 2 0 2010 0 0 2011 0 0 2012 1 0 2013 1 0 2014 0 0 2015 0 0 Jami 10 0 2013-yil 21-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Yutuqlar

Individual

Yilning eng yaxshi darvozaboni (1): 2009

Manbalar

Havolalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:20-martda tugʻilganlar Turkum:Bishkekda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:FK Muras-Sport futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari