Ushbu maqola doktrina haqidadir. Shu nomli film uchun Dogma (film) maqolasiga qarang.

Dogma (yun. dogma — fikr, qoida, taʼlimot):

1) qanday sharoitda qoʻllanishidan qatʼi nazar, tanqid koʻzi bilan tekshirilmay koʻr-koʻrona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yoʻliga, fan taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladi (qarang Dogmatizm);

2) ilohiyotda dindorlar uchun Yaratuvchi tomonidan joriy qilinganligi uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinadigan ilohiy taʼlimotga empirizm nuqtai nazaridan berilgan baho (qarang Aqida). OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Biror din, ideologiya yoki boshqa tashkilot tomonidan qabul qilingan va muhokama qilinishi taqiqlangan ishonch yoki doktrinadir.

Xuddi shuningdek, ilohiy aqidani rad qiluvchi ateistik gʻoyalarini koʻr-koʻrona qabul qilinaverishga dogmatik ateizm deyiladi.

Yana qarang

Dogmatizm Din Fan

Manbalar

Turkum:Din Turkum:Falsafa