Co Adriaanse (; 1947-yil 21-iyul Amsterdam) – gollandiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
Faoliyati Co Adriaanse 6 yil De Voleykkers professional klubida oʻynagan (1964-yildan 1970-yilgacha), keyingi 6 yilni Utrextda (1970—1976) oʻtkazgan va 29 yoshida klubni tark etgan.
Murabbiylik faoliyati
Ilk yillari Murabbiylik faoliyatini 1979-yilda Zilvermeuen jamoasida boshlagan, 4 yildan soʻng Adrianse AZga skaut va yoshlar murabbiyi sifatida qoʻshilgan. Bir yil oʻtgach, 1984—1985-yilgi mavsumda u PEC Zwolle bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va shartnoma tugaganidan keyin ADO Den Haag bilan xuddi shunday shartnoma imzolagan. Keyin Co 5 mavsum davomida Amsterdamning „Ajax“ yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimini egallagan.
„Villem II“ Uning murabbiylik faoliyatidagi keyingi jamoasi Villem II boʻlgan. Birinchi chempionatda beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Adriaanse jamoa bilan ikkinchi oʻrinni egallagan va „Gollandiyada yil jamoasi“ unvonini olgan. Bu esa turnir jadvalining eng quyi pogʻonasini egallashi bilan tanilgan jamoa Chempionlar ligasida ishtirok etishini anglatgan. Ammo Chempionlar ligasi Villem uchun katta toʻsiq boʻlgan va ular guruh bosqichidagi kurashni atigi 2 ochko bilan yakunlashgan („Spartak“ va „Bordo“ bilan durang oʻynashgan). Ushbu muvaffaqiyatsiz ishtirokdan soʻng, Co Adriaanse 2000-yil 20-mayda klubni tark etgan.
„Ajax“ Adriaanse „Ajax“ga murabbiy sifatida qaytgan, ammo debyut mavsumida 3-oʻrinni egallaganidan soʻng, 2001-yilning 29-noyabrida ishdan boʻshatilgan. „Ajax“ning navbatdagi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani 29-marta Gollandiya chempioniga aylantirgan.
AZ 2002-yilning noyabrida Co Adriaanse AZ klubi bilan shartnoma imzolagan. Birinchi mavsumda 10-oʻrinni egallagandan soʻng, keyingi mavsumda 5-oʻrinni egallab, jamoaga 2004—2005-yilgi UEFA kubogida qatnashish imkonini qoʻlga kiritgan.
Portu 2005—2006-yilgi mavsumda Co Adriaanse boshchiligidagi jamoa Portugaliya chempioni boʻlgan.
Qatar olimpiya terma jamoasi 2010-yil 14-yanvarda Adriaanse Qatar olimpiya terma jamoasini boshqarish uchun, 2,5 yillik shartnoma imzolagan.
Tvente 2011-yilning 20-iyunida Co Tvente klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Shartnoma 1 yil muddatga imzolangan.
Yutuqlari Portu
Portugaliya chempioni: 2005—2006 Portugaliya kubogi sohibi: 2005—2006
Red Bull
Avstriya chempioni: 2008—2009 Gollandiya Superkubogi sohibi: 2011-yil; Shaxsiy yutuqlari Gollandiyaning eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil Portugaliyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2006-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar