„Constantine“ — rejissyor Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, „Hellblazer“ komikslari seriyasiga asoslangan superqahramonlar haqidagi film. Premyerasi 2005-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan.

Film slogani: „Jahannam uni xohlaydi. Osmon uni qabul qilmaydi. Yer esa unga muhtoj.“

2022-yil sentyabr oyida Warner Bros. filmning davomi suratga olinishini eʼlon qildi.

Syujeti Los-Anjeleslik John Constantine yoshligida oʻz joniga qasd qiladi. Klinik oʻlimi paytida John doʻzaxga borishga muvaffaq boʻladi va shundan soʻng iblislarga qarshi kurashishni boshlaydi va yillar davomida koʻplab odamlarni himoya qiladi. Koʻp chekishi tufayli Johnda oʻpka saraton borligi aniqlanadi va tez orada oʻlishi maʼlum boʻladi.

Politsiya detektivi Angela Dodson oʻzining egizak singlisi Izabelning oʻlimi sababini bilish maqsadida ruhiy kasalliklar shifoxonasi boradi. Angela singlisi oʻz joniga qasd qilishi mumkinligiga ishonmaydi va Constantinening oldiga keladi; Constantine avvaliga yordam bera olmasligini aytib Angelani ortiga qaytarib yuboradi, lekin keyinroq yordam berishga qaror qiladi.

John dahshatli narsa yaqinlashayotganini his qiladi. Maʼlum boʻlishicha Lyutsiferning oʻgʻli Mammon sulhni buzib, yerda oʻz qirolligini yaratmoqchi, ammo buning uchun unga kuchli vosita kerak. Yarim iblis Baltazar, osmonga yuborilish tahdidi ostida, Mammon afsonaviy Taqdir nayzasini olgani haqida Johnga xabar beradi, bu Mammonga insonlar dunyosiga oʻtishi uchun kerak edi. Constantine tergov qilayotganda, Angela oʻgʻirlab ketiladi — Iblislar qizning tanasidan Mammonning „tugʻilishi“ marosimini oʻtkazishda foydalanishmoqdhi. Constantine oʻzining yosh yordamchisi Chas Kramer bilan birga oʻgʻirlab ketilgan Angela saqlanadigan kasalxonaga boradi. Iblislarni yoʻq qilgandan soʻng Mammonni Angela tanasidan quvib chiqarishga harakat qiladi, ammo voqeaga Gabriel aralashadi va Chasni oʻldiradi. Keyin esa Angelaning qornini taqdir nayzasi bilan yorib, Mammonni qoʻyib yuborish orqali marosimni yakunlashni rejalashtiradi. Ilojsiz qolgan Constantine, ruhini olib ketish uchun Lyutsiferning shaxsan kelishini bilgan holda, tomirlarini kesib tashlaydi. Constantine Lyutsiferga oʻgʻlining rejalari haqida xabar beradi; Jannat bilan kelishuvni buzishni istamay Gabrielni toʻxtatadi, oʻgʻli Mammonni esa doʻzaxga qaytarib tashlaydi va Gabrielning qanotlarini doʻzax olovi bilan kuydirib, yoʻq qiladi.

Lyutsifer Constantinega uning oldida qarzdor ekani va shu sababdan uning hohlagan istagini bajarishni taklif qiladi. John Lyutsiferdan Izabelning ruhini Doʻzaxdan chiqarib, Jannatga qoʻyib yuborishini soʻraydi. Lyutsifer qizni qoʻyib yuborib, Constantineni olib ketishga harakat qiladi, lekin John oʻzini qurbon qilib, gunohlaridan poklangani sabab buni qila olmaydi. Johnning ruhi Jannat nurlari tomon koʻtarila boshlaydi. Gʻazablangan Lyutsifer Johnni saraton kasalligidan davolab uni tiriltiradi — chunki, bu uning yana gunoh qilishi va doʻzaxga tushishi uchun yagona imkoniyat edi. Angela oʻziga keladi va Gabriel oddiy ayolga aylanadi. Gabriel shahid boʻlib jannatga kirish uchun Constantineni oʻldirishga undaydi, lekin John uning yuziga urish bilan kifoyalanadi va unga „Bu ogʻriq deb ataladi, endi koʻnik“ deb aytadi

Soʻnggi sahnada — Constantine va Angela osmonoʻpar binoning tomida uchrashadi. Constantine Angelaga taqdir nayzasini olib keladi va uni xavfsiz joyga yashirib qoʻyishini soʻraydi. Suhbat tugagach, chekmoqchi boʻlgandek odatdagi harakati bilan ichki choʻntagiga qoʻl choʻzadi, lekin bu safar bir quti sigaret oʻrniga saqich chiqaradi.

Titrlardan keyingi sahnada Constantine Chasning qabrini ziyorat qiladi va „Ajoyib ish qilding, bolakay“, deya sekin ortiga qaytadi. Orqadan qanotlarning shitirlashini eshitib, orqasiga oʻgiriladi va oq libosli va farishta qanotli Chasni koʻradi. Chas jilmayib, qanotlarini qoqadi va osmonga gʻoyib boʻladi.

Musiqasi

Davomi 2022-yilning sentabr oyida Warner Bros. „Constantine“ filmining davomini ishlab chiqarishini eʼlon qildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2005-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Francis Lawrence filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari