Franso Hariri stadioni (; ) – Iroqning Kurdiston viloyati, Erbil shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda stadion asosan Iroq Premyer-ligasida oʻynaydigan „Erbil SC“ jamoasi tomonidan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi. Stadionda yengil atletika uchun ham sharoitlar mavjud. Stadion 25 000 tomoshabinga moʻljallanganErbil governor rejects rumors of Franso Hariri Stadium sale. Kurdistan 24.
Tarix Stadion 1956-yilda eski aerodrom oʻrnida qurilgan va 1992-yilda qayta toʻliq qurilgan. Stadiondan eski „Brusk“ klubi (nomi Al-Shurta Erbil deb oʻzgartirildi) uy maydoni sifatida foydalangan. 2001-yilgacha Erbil stadioni deb nomlangan. Stadion oʻldirilgan nasroniy gubernator Franso Haririy sharafiga „Shahid Franso Hariri“ stadioni nomini oldi.
2009-yil iyul oyida Franso Hariri stadioni Erbilda Iroq milliy va klublarini qabul qilish uchun OFK tomonidan ruxsat berilganidan keyin Iroq milliy futbol jamoasining uy maydoniga aylandiAFC green-light to Arbil as venue .
2022-yil 23-fevral kuni xalqaro futbol afsonalaridan iborat yulduzlar tarkibi, jumladan, braziliyalik Roberto Karlos va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Patrick Kluivert Franso Hariri stadionida 2007-yilgi Osiyo Kubogida gʻolib chiqqan Iroq terma jamoasi yulduzlariga, jumladan Mahdi Karim, Ahmad Mnajed va Nur Sabrilarga qarshi tarixiy koʻrgazmali oʻyinda ishtirok etishdi.
Stadionda oʻtkazilgan voqealar
2012-yil – OFK kubogi finali 2019-yil – Gʻarbiy Osiyo futbol federatsiyasi chempionati 2021-yil – Rim papasi Frensis tashrifi
Yana qarang
Iroqdagi futbol stadionlari roʻyxati Duhok stadioni
Manbalar
Havolalar
Iroq Futbol Uyushmasi (arab tilida)
Turkum:Iroq futbol stadionlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda