John Goucher (; 1845-yil 7-iyun, 1992-yil 22-iyul) — amerikalik metodist, pastor va missionerAnna Heubeck Knipp and Thaddeus P. Thomas, The History of Goucher College (1938). U Baltimore ayollar kollejining birinchi rahbari William Hersey Hopkins bilan birga ushbu taʼlim muassasasining asoschilaridan biri boʻlgan. Hayoti Goucher 1845-yil 7-iyunda Pensilvaniya shtatining Waynesboro shahrida tugʻilgan. Uning otasi John Goucher va onasi Eleanor Townsend boʻlib, ularning toʻrt farzandi boʻlgan. John Goucher oilada kenja farzand edi. Bolaligida vaqti-vaqti bilan turli kasalliklar bilan ogʻriganligi sababli maktabga tendoshlariga nisbatan kechroq chiqqan. Shunga qaramasdan Gaucher oʻqishni aʼlo baholar bilan tamomlab, 1864-yilda Dickinson kollejiga oʻqishga kirgan va uni 1868-yilda tugatgan. Faoliyati Ruhoniylik va missionerlik harakatlari Kollejni tamomlagandan soʻng, Goucher Protestant cherkovi ruhoniysi boʻlishga intiladi. U atrofidagilarni xristian taʼlimini targʻib qilish Xudoning xohishi ekanligiga ishontirgan va Amerika metodizmini birlashtirish uchun harakat qilishga chaqirgan. 1869-yilda ruhoniylikka tayinlanganlik buyrugʻini qabul qilib, Maryland shtatidagi Baltimore shahrida joylashgan Metodist yepiskop cherkoviga ruhoniy etib tayinlanadi. Ruhoniy sifatida uning obroʻsi ancha oshgan. Shundan keyin missionerlik harakatining rivojlanishini qoʻllab quvvatlagan. Missionerlik gʻoyasini ilgari surish uchun tashkil qilingan maktab va kasalxonalarni topish va ularga koʻmak berish maqsadida Xitoy va Yaponiyaga koʻp sayohat qilganXiaoxin Wu, Christianity in China: A Scholars' Guide to Resources in the Libraries and Archives of the United States (Google eBook) (M.E. Sharpe, 2009) https://books.google.com/books?id=M1gsvBOnrWQC. U Yaponiyaning Shibuya shahridagi Aoyama Gakuin institutining tashkil etilishida muhim rol oʻynagan. Morgan davlat universiteti ham dastlabki yillarida Goucherning maktabga bergan yerlaridan foydalangan.

Manbalar

Turkum:AQShdagi universitet va kollejlar rahbarlari