And mushugi () – mushuklar oilasining Janubiy Amerikada tarqalgan turi. And togʻlarining nisbatan borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashganligi sababli, jonivor haqda ilmiy maʼlumotlar juda kam. Masalan, ushbu turning birinchi videotasvirlari 2000-yildan keyin paydo boʻlgan. Tashqi koʻrinishi And mushugi tashqi koʻrinishi jihatdan xuddi shu mintaqada yashovchi pampa mushugiga juda oʻxshaydi. Ikkala tur oʻrtasidagi farq hali ham ilmiy tadqiqot obyekti boʻlib, unda faqat muzeylardan bir nechta namunalar mavjud. Bu mushukning uzunligi taxminan 70 sm, dumining uzunligi esa 45 sm, vazni 4 dan 7 kg gacha boradi. Sovuq havodan himoyalanish uchun moʻynasi qalin, rangi qora dogʻlar bilan qoplangan kulrang-jigarrang. Dumi qora halqa shaklidagi chiziqlarga ega.
Tarqalishi And mushugi – Janubiy Amerikadagi eng kam uchraydigan mushuk turi. Asosan And togʻlarining Peru janubidan oʻtib janubi-gʻarbiy Boliviya va Argentina shimoli-gʻarbiy qismigacha choʻzilgan hududlarda tarqalgan. Dengiz sathidan 3000 dan 5000 m gacha balandlikda yashashni afzal koʻradi.
Oziqlanishi And mushugi mayda sutemizuvchilar bilan oziqlanadi, lekin boshqa mushuklar kabi oʻlja tanlashda ancha moslashuvchan.
Muhoza holati Olimlarning taʼkidlashicha, bu mushuklarning populyatsiyasi juda oz. Shuning uchun, And mushuklari Vashingtondagi Turlarni himoya qilish konvensiyasida roʻyxatga olingan. Konvensiya And mushuklaridan tayyorlangan mahsulotlarning barcha savdosini taqiqlaydi.
Taksonomiyasi Koʻpgina ilmiy ishlarda And mushugi Oreailurusning alohida urugʻi sifatida tasniflanadi. Wilson va Reeder (2005) kabi yangi olimlar uni yoʻlbars mushuklari (Leopardus) orasiga joylashtiradi. Bu urugʻ tarkibiga esa otselot ham kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:IUCN Qizil roʻyxatiga kiritilgan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar Turkum:Sutemizuvchilar Turkum:Mushuksimonlar Turkum:Yirtqichlar