Daniel Paul Burton (1963-yil 4-dekabr) — amerikalik velosiped ishqibozi, Utah shtatidagi Eagle Mountain va Antarktida qirgʻogʻidan Janubiy qutbgacha velosipedda ekspeditsiyani yakunlagan birinchi odam (birinchi velosipedchi boʻlmasa ham)Biking Bis , Utah Man First to Ride to South Pole.
Burton oʻzining "Janubiy qutb epokasi" ekspeditsiyasini 2013-yil 2-dekabrda Hercules Inlet boshlagan va 2014-yil 21-yanvarda Janubiy qutbga yetib kelganSalt Lake Tribune, Utah man sets a world record biking to the South Pole.
Tarjimai holi Burton kompyuter dasturchisi boʻlgan. Kasbiy faoliyatining 23 yilligida va 40 yoshlarida jismoniy holatining yomonlashgani sabab, Burton qon tekshiruvidan oʻtgan. Uning xolesterin darajasi past, qon bosimi yuqori va biroz ortiqcha vaznga ega boʻlgan. Burton togʻ velosipedi bilan shugʻullana boshlagan va 2008-yilda Utah shtatining Saratoga Springs shahrida Epic Biking nomli velosiped doʻkonini ochgan. LOTOJO Klassikni 6 marotaba tugatganiga qaramay, yana koʻproq qatnashishni istardi. Odamlarni ilhomlantirish hamda Amerika Diabet Assotsiatsiyaga xayriya qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Antarktika velosiped sayohatiga yoʻlga chiqqan. Shuningdek, Burton 2012-yil 30-noyabrda yuqori xolesterin sabab vafot etgan onasining sharafiga velosipedda yurmoqchi edi.
Manbalar
Havolalar
Janubiy qutb epik blogi Rasmiy sahifa, Kundalik Epic Hill AFB da TEDx nutqi, 2014-yil Untold Story podcast intervyu , 2019 Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Velopoygachilar Turkum:Notiqlar Turkum:AQSh sportchilari