C5+1 diplomatik sammiti boʻlib, 2015-yildan beri har yili Markaziy Osiyoning beshta davlati Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida AQSh Davlat kotibi bilan hamkorlikda oʻtkazilib kelinadi. Sammitda AQShning Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan munosabatlarini yaxshilash va mustahkamlashni, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlar bilan bogʻliq muammolariga yechim topishga, jumladan, Afgʻonistondagi urush, Suriyadagi fuqarolar urushi, terrorga qarshi kurash, giyohvand moddalar va odam savdosiga qarshi kurash, savdo munosabatlariga oid iqtisodiy masalalar, mintaqadagi ish oʻrinlarining oʻsishi va atrof-muhit muammolariga qarshi kurash kabi mintaqaviy muammolarni muhokama qilish maqsad qilingan.
C5+1 AQSh — Rossiya munosabatlari 2014-yilda yomonlashgandan soʻng Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiyaga qarshi taʼsir oʻtkazishga qaratilgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining urinishi sifatida qaraladi. AQSh esa bu harakatlarni Rossiyaning Sovet Ittifoqini tiklashiga qarshi ambitsiya deb biladi.
Tarixi Olti davlat oʻrtasidagi birinchi uchrashuv 2015-yil 26-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yetmishinchi sessiyasida boʻlib oʻtdi. Oʻsha paytdagi AQSh davlat kotibi John Kerry yangi koʻp tomonlama muloqot platformasini yaratish maqsadida besh davlat tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi.. BMTdagi uchrashuvdan soʻng, oktyabrdan noyabrgacha Kerry besh davlatning har biriga tashrif buyurdi, bu AQSh davlat kotiblarining 1992-yildagi James Baker tashrifidan keyingi ilk tashrifi edi.
Yana qarang Oʻzbekistonning tashqi siyosati Qozogʻiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari Qirgʻiziston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari Tojikiston — Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari Amerika Qoʻshma shtatlari — Turkmaniston munosabatlari AQSh — Oʻzbekiston munosabatlari
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston tashqi siyosati Turkum:Qozogʻistonning tashqi siyosati Turkum:Qirgʻizistonning tashqi siyosati Turkum:Tojikistonning tashqi siyosati Turkum:Turkmanistonning tashqi siyosati Turkum:Oʻzbekiston-AQSh munosabatlari