Canelones (ispancha talaffuzi:kaneˈlones) – Urugvaydagi Canelones departamentining markazi. Shahar nomi daryo boʻyida oʻsadigan „kanelon“ deb ataladigan doljin turidan olingan.
Geografiyasi Shahar Montevideodan 50 km shimolda, 5-marshrut va 64-marshrut kesishgan hududda joylashgan. Shahar Arroyo Kanelon Chiko daryosining gʻarbiy qirgʻogʻi bilan tutashgan.
Tarixi Canelones shahri 1783-yil 24-aprelda Villa Guadalupe nomi bilan tashkil etilgan. Keyinchalik u respublikaning oldingi toʻqqiz departamentidan birining poytaxtiga aylangan. Bu yerga temir yoʻl 1874-yilda kelgan. 1916-yil 2-martda shahar nomi Canelonesga oʻzgartirilgan va uning maqomi 5.400-sonli Ley qonuni bilan shahar darajasiga koʻtarilgan.
Aholisi 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Canelones shahri aholisi 19,865 kishidan iborat boʻlgan. Canelones xuddi shu nomdagi departamentning markazi boʻlsa-da, departamentning boshqa ikkita shahri, Ciudad de la Costa va Las Piedras bilan solishtirganda aholisi ancha kamroq. Yil Aholi soni 1908 8,523 1963 14,028 1975 15,988 1985 17,323 1996 19,388 2004 19,631 2011 19,865 2017 32,743 Manba: Urugvay Milliy universiteti.
Iqtisodiyoti Shaharda koʻplab kichik va yirik uzumzorlar hamda vino zavodlari mavjud. 1987-yilda „Frigorífico Canelones“ omborxonasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻsha paytdan beri shahar sanoatiga hissa qoʻshib kelmoqda.
Ibodat joylari Guadalepu cherkovi.
Mashhur shaxslari Diego Lugano, Urugvay milliy futbol terma jamoasi sardori. Pablo Gabriel Garsiya, PAOK FC futbolchisi. Matias Vecino, futbolchi. Fakundo Peraza (1992-yil 27-iyulda tugʻilgan), futbolchi. Robert Siboldi, sobiq futbolchi va Santos Lagunaning menejeri. Sebastyan Rodriges (1992-yilda tugʻilgan), futbolchi. Andrea Trujillo, hamshira.
Manbalar
Havolalar INE map of Canelones, Paso Espinosa and Paso Palomeque
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay shaharlari