Minas (ispancha talaffuzi: ˈminas) – Urugvay respublikasiga qarashli Lavalleja departamentining markazi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi shaharlar orasida aholisi soni boʻyicha oʻn ikkinchi oʻrinda turadi.
Geografiyasi Shahar departamentning janubiy qismida, tepaliklar hamda Arroyo San Francisco va Arroyo Campanero daryolari boʻyida joylashgan.
Tarixi Bu yerga birinchi boʻlib 1783-yilda Ispaniyaning Asturiya va Galisiya viloyatlaridan boʻlgan bir qancha oilalar joylashishgan. Ushbu mintaqada birinchi marotaba 1753-yilda Montevideo gubernatori Jose Joaquin de Viana aholi punkti yaratmoqchi boʻlgan. U Rafael Peres Del Puertoga shahar rejasini loyihalashtirishni topshirgan. Uning asosi bugungi kungacha saqlanib qolgan. 1830-yil 8-oktyabrda Minas shahar deb eʼlon qilingan va 1837-yil 16-iyunda Ley № 158 farmoni bilan Minas departamentining poytaxti boʻlgan. 1927-yil 26-dekabrda, department nomi oʻzgartirilgandan soʻng, shahar Ley № 8,187 farmoni bilan Lavalleja departamentining poytaxti maqomini olgan.
Aholisi 2011-yilda boʻlib oʻtgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Minas aholisi 38,446 kishidan iborat boʻlgan. Yil Aholi soni 1908 13,345 1963 31,256 1975 35,225 1985 34,658 1996 37,146 2004 37,925 2011 38,446 Manba: Urugvay Milliy universiteti.
Ibodat joylari Avliyo Losif cherkovi. Avliyo Teres cherkovi. Our Lady Fatima cherkovi.
Manbalar
Havolalar Intendencia de Lavelleja – Minas: capital departamental INE map of Minas and Barrio La Coronilla
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay geografiyasi Turkum:Urugvay shaharlari