William Ralph Bennett Jr. (1930-yil 30-yanvar – 2008-yil 29-iyun) – amerikalik fizik. U oʻz faoliyatining katta qismini Yale universiteti fakultetida oʻtkazgan. U gaz lazerini ixtiro qilgan.
Faoliyati Taniqli fizik William R. Bennett Sr.ning oʻgʻli Bennett Jr. Princeton universitetida fizika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Bennettning fizika boʻyicha bitiruv ishi spektroskopiya va ikkinchi turdagi asil gazlardagi toʻqnashuvlar boʻyicha edi. U Columbia universitetidan fan nomzodi ilmiy darajasini qabul qilib olgan. Bennet 1962-yilda Yale universitetida professor darajasini olgan va 2000-yilda nafaqaga chiqgan.
U Ali Javan bilan New-Jersey shtatidagi Murray Hilldagi Bell laboratoriyalarida birinchi gaz lazerini (geliy-neon lazer) ixtiro qilgan. U argon ion lazerini ham kashf qilgan, gaz lazerlarida birinchi boʻlib spektral effektlarini kuzatgan va lazer tebranishidagi effektlar nazariyasini yaratgan. U har bir gazda elektron qoʻzgʻalish, neon-kislorod lazerida dissotsiativ qoʻzgʻalish oʻtkazilishi va bir nechta metall bugʻ lazerlarida toʻqnashuv qoʻzgʻalishidan foydalangan holda turli xil gaz lazerlarini kashf etgan. U qizi doktor Jean Bennett bilan yurak ritmini aniqlash va diagnostika qoʻyish uchun real vaqtda spektral fonokardiografiya moslamasini ishlab chiqgan. U sakkizta kitob yozgan, oʻn ikkita patentga ega va 120 dan ortiq tadqiqot ishlarini nashr etgan. U 1965-yilda IEEE Morris N. Liebmann Memorial mukofotini qoʻlga kiritgan. U Simeon Bellison bilan klarnetni chalishni oʻrgangan va bir nechta havaskor simfonik orkestrlarda klarnet solisti sifatida qatnashgan. Uning oʻgʻli Uilyam Bennet professional goboist edi.
Faxriy unvonlari
Sigma Xi faxriy aʼzosi Amerika fizika jamiyati faxriy aʼzosi Kimyo boʻyicha Stanley Silverman mukofoti (1947-yil) Yale universitetining faxriy magistiri (1964-yil) J. S. Guggenhiem fondi faxriy aʼzosi (1967-yil) New-Haven universitetining faxriy doktori (1975-yil)
Manbalar
Turkum:Fiziklar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar