right|thumb|270x270px|Yavatahama yaqin atrofdagi togʻdan koʻrinadi right|thumb|270x270px| Yavatahama shahar hokimiyati binosi right|thumb|270x270px| Yavatahama shahri markazi yaqinidagi turar-joy maydonining koʻrinishi Yaponiyaning Ehime prefekturasida joylashgan shahar. 2022-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharda 15638 xonadonda 31385 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 240 nafarni tashkil qilgan. Shaharning umumiy maydoni 132,68 kvadrat kilometr (51,23 mi²).
Geografiyasi Yavatahama Sikoku orolida, Ehime prefekturasining gʻarbiy qismida, Sadamisaki yarim oroli etagida joylashgan. Shimolda Seto ichki dengiziga, Bungo kanali orqali esa gʻarbda Kyusyuga tutashgan. Riya qirgʻoq chizigʻida tik yon bagʻirlar, landshaft shakllangan. Uzoq vaqt davomida shaharning tabiiy porti Ehime prefekturasi va Sikoku uchun muhim port sifatida xizmat qilgan. Tekisliklar juda kam va tepaliklar sitrus yetishtirishda foydalaniladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar Ehime prefekturasi
Odzu Ikata Seiyo
Iqlimi Yavatahamada nam subtropik iqlim shakllangan, yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Yavatahamada oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1644 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat yanvarda 26,2 °C ni, eng past harorat ham yanvarda, 5,1 °C ni tashkil etadiYawatahama climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYawatahama population statistics, Yavatahama aholisi 1950-yillardan beri doimiy ravishda kamayib kelmoqda.
Tarixi right|thumb|360x360px| Yawatahamadagi Hachiman ziyoratgohiga kirish eshigi Yavatahama hududi avvalgi Iyo viloyatining bir qismi boʻlgan va nomi Nara davrining dastlabki hujjatlarida uchraydi. Afsonaga koʻra, „Yawatahama“ (八幡浜) nomi qadimdan Usa Xachiman ziyoratgohida oʻtkazilib kelingan festival nomi bilan bogʻliq Yawatahama City History before 1950 .
Edo davrida bu hudud Uvadzima domenining Date klani tomonidan boshqarilgan. Meydzi islohotidan soʻng, 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan Yavatahama shahri tashkil etilgan. Biroq, bundan oldin ham, Yavatahama paroxodlar orqali Osaka va Oita bilan bogʻlangan va tez sur’atlar bilan oʻsib borayotgan sanoatlashuv tufayli bu hudud „Sikoku Manchesteri“ deb nomlangan. Ehimedagi birinchi bank ham 1878-yilda Yavatahamada ochilgan. Bundan tashqari, 1889-yilda Yavatahamada Sikokudagi ilk elektr chirogʻi yoqilgan.
Shaharlarning birlashishi
1935-yil 11-fevral – Yavatahama Sendzo, Hitada va Kamiyama bilan birlashgtan va shahar maqomiga koʻtarilgan. 1955-yil 1-fevral – Futaiva punkti, shuningdek, Hizuchi, Maana va Kavakami qoʻshilgan 1950s Yawatahama City History . 1955-yil 31-mart – Nisiuva tumanidagi Isotsu, Miyauchi, Kavanoisi va Kisuki shaharlari Honay nomi bilan birlashtirilgan. 2005-yil 28-mart – Yavatahamaga Honay shahri (Nishiuva tumanida) qoʻshilgan2000s Yawatahama City History .
Hukumati Yavatahama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 16 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash shakliga ega. Yavatahama Ikata bilan birgalikda Ehime prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 4-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Sanoatning asosiy tarmoqlariga sitrus yetishtirish, baliqchilik, baliqchilik bilan bogʻliq oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va kemasozlik kiradi. Mandarin apelsin yetishtirish Meydzi davrining oʻrtalarida boshlangan va 100 yillik tarixga ega. Baliqchilik sanoati trol baliq ovlash bilan bir qatorda akvakultura bilan ham rivojlanmoqda. Yavatahamadagi baliq bozori Sikokudagi eng katta bozor hisoblanadi. Shahar, shuningdek, baliq pastasi, pyuresi va oq baliqdan tayyorlangan baliq qarsildoqlari baliq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu kamaboko sifatida tanilgan. Yavatahamada, Uvadzima bilan bir qatorda, turli xildagi kamaboko sotadigan koʻplab doʻkonlarga ega. Mahalliy delikateslardan biri tempura uslubida qovurilgan dzakoten (じゃこ天) yoki kamabokolardir . Yavatahamada mikanlarni ishlab chiqarish Nisiuva qishloq xoʻjaligi kooperativi tomonidan boshqariladi. Kooperativ mevalarni butun mamlakat boʻylab „Hinomaru“ (日の丸) va „Kawakami“ (川上) kabi brendlar ostida tarqatiladi. Biroq qishloq xoʻjaligidaig ishlab chiqarish qarish demografiyasi va qishloq aholisining kamayishi tufayli pasayib bormoqda.
Taʼlimi Yavatahamada 14 ta davlat boshlangʻich va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta maktablari mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat oliy maktabi mavjud.
Oliy maktablar
Yavatahama oliy maktabi Yavatahama texnik oliy maktabi Kavanoisi oliy maktabi
Oʻsmirlar oliy maktablari *Atago oʻsmirlar oliy maktabi *Yasiro oʻsmirlar oliy maktabi
*Matsukaya oʻsmirlar oliy maktabi
*Osima oʻsmirlar oliy maktabi
*Honay oʻsmirlar oliy maktabi
Transporti
Temir yoʻllari 22x22px Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi
Sendzyo – Yavatahama – Futaiva
Magistral yoʻllari
link=|alt=|25x25px Matsuyama avtomagistrali
Portlari right|thumb|270x270px| Yawatahama porti
Yavatahama porti – Kyusyudagi Usuki, Oita va Beppu, Oita shaharlariga muntazam parom qatnovini taʼminlaydi.
Taniqli shaxslari right|thumb|200x200px| Chuhachi Ninomiyaning qoʻngʻiz samolyoti, 1893-yil oktyabrda yaratilgan boʻlib, Yavatahama shahar kutubxonasida namoyish etiladi.
Moriyuki Kato, Ehime prefekturasi gubernatori Chuhachi Ninomiya, yapon aviatsiya kashshofi Maedayama Eygoro, sportning 39-yokodzunasi boʻlgan sumo kurashchisi Dzoko Ninomiya, Ensin karate asoschisi va direktori
Manbalar
Havolalar
Yawatahama shahrining rasmiy veb-sayti Yawatahama dengiz yoʻli Yawatahama tog 'velosipedi
Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Yaponiyadagi port aholi punktlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ehime prefekturasi shaharlari