Marsel Provans aeroporti ()  – Fransiyaning Marsel shahridan 27 km (17 milya) shimoli-gʻarbda, Provence-Alpes-Côte d’Azur mintaqasidagi Bouches-du-Rhône departamentining Marignane hududida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroportning ichki hududlari Gapdan Arlesga va Tulondan Avignon prefekturalarigacha choʻziladi.

Tarixi thumb| Aeroportning havodan koʻrinishi thumb| Roʻyxatdan oʻtish zali thumb| Apron koʻrinishi Aeroport ilgari Marsel-Marignan aeroporti nomi bilan atalgan, 1934-yildan beri Marsel-Provans aeroporti Savdo-sanoat palatasi (SSP) tomonidan boshqariladi.

1920 va 1930-yillarda Marignane uchuvchi kema (suvga qoʻnuvchi samolyot)lar uchun Fransiyaning asosiy aeroportlaridan biri edi. U hatto qisqa vaqt ichida Pan American World Airways Clipper uchuvchi kemalari uchun terminal boʻlib xizmat qilgan. PanAmdan boshqa uchuvchi kema operatorlari Aéropostale va Air Union edi, Air Union 1931-yilda Antibga koʻchib oʻtdi. Marignaneda Lioré et Olivier fransuz kompaniyasining gidroplanlar ishlab chiqarish zavodi ham boʻlgan.

Antuan de Sent-Ekzyuperi "Shamol, qum va yulduzlar" asarining 8-bobida Tunisga yoʻl olishdan oldin yonilgʻi quyish uchun Marignane aeroportiga qaytishini tasvirlagan. Ekzyuperining eng shoh asari "Kichkina shahzoda" asarida ushbu samolyotning halokatli qoʻnishini tasvirlagan.

2006-yil sentyabr oyida aeroport arzon aviakompaniyalar uchun yangi MP2 terminalini ochdi. 2013-yilda aeroport hududida xarid qilish va ovqatlanish zonalari kengaytirildi, ular orasida 30 ta yangi doʻkon va restoranlar, xususan 1997-yildan beri Fransiyadagi birinchi Burger King restorani ham bor.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish Quyidahi aviakompaniyalar Marsel Provans aeroportidan muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi:

Yuk tashish

Statistika Marsel aeroporti yoʻlovchi tashish boʻyicha beshinchi, yuk tashish boʻyicha esa uchinchi eng gavjum fransuz aeroporti hisoblanadi. 2012-yilda aeroport 8 295 479 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib (bir yil oldinga nisbatan 12,7% oʻsish), Yevropadagi yoʻlovchilar oqimining oʻsishi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Marsel Provans aeroporti Air France uchun havo tuguni hisoblanadi. 2013-yil yozida aeroport 132 ta muntazam yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatdi, bu Fransiyadagi Parij aeroportlaridan keyingi eng koʻp yoʻnalishga ega aeroport hisoblanadi.

Yer usti transporti Aeroportga TER temir yoʻl kompaniyasining Vitrolles Marsel Provans aeroporti vokzali xizmat koʻrsatadi. Aeroport va vokzal oʻrtasida jamoat avtobusi ishlaydi.

Boshqa imkoniyatlari

Aeroport Fransiya IIVning havo yongʻinga qarshi boʻlinmasi Sécurité Civile kompaniyasining asosiy bazasi edi. ** Sécurité Civilning bu bazasi hozirda yaqin atrofdagi Nîmes-Garons aeroportiga koʻchirilgan. Airbus Helicopters kompaniyasining bosh ofisi aeroport hududida joylashgan.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

1948-yil 4-fevralda Air France aviakompaniyasining SNCASE Languedoc P/7 F-BATK samolyoti taʼmirlanib boʻlmaydigan darajada shikastlandi. 1950-yil 30-iyulda Air France aviakompaniyasining SNCASE Languedoc P/7 F-BCUI samolyoti qoʻnish chogʻida tag qismi qulab tushdi va iqtisodiy taʼmirlanib boʻlmaydigan darajada shikastlandi. 1989-yil 6-fevralda Vickers Vanguard F-GEJE aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Inter Cargo Service 3132-reysi parvoz paytida halokatga uchradi. Uch ekipaj aʼzosi halok boʻlgan, bortda yoʻlovchilar boʻlmagan. 1994-yil 24-dekabrda Air France aviakompaniyasining 8969-reysi Jazoirdagi Huari Bumediyen aeroportida Qurolli islomiy guruhning toʻrt nafar aʼzosi tomonidan bortida 236 yoʻlovchi va ekipaj aʼzolari bilan oʻgʻirlab ketildi va 26-dekabr kuni Marselga yetib keldi. 15 soatlik muzokaralar soʻng, GIGN fransuz maxsus kuchlari samolyotga bostirib kirdi. Otishmada uch nafar ekipaj aʼzosi, 13 nafar yoʻlovchi va GIGNning toʻqqiz nafar xodimi jarohatlandi, toʻrt nafar bosqinchining barchasi halok boʻldi. Terrorchilar qoʻlga olgan Airbus A300B2-1C F-GBEC samolyoti hisobdan chiqarildi.

Manbalar

Havolalar

Marsel Provans aeroporti rasmiy sayti, ingliz va fransuz tillarida Union des Aéroports Françaisdagi Aéroport de Marseille-Provence sahifasi

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Fransiya aeroportlari