„Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ () – tatar yozuvchisi Guzel Yaxinaning 2021-yil mart oyida chop etilgan romani. Kitobda Volga daryosi boʻyida yashaydigan va ochlikdan azob chekayotgan besh yuz nafar bolani qutqarish haqidagi voqealar yoritilgan.

Syujeti Romanning voqealari 1923-yilda och Volgaboʻyi bolalarini janubga olib ketayotgan „Dzerjinskiy“ poyezdlaridan birida sodir boʻladi. Qozondan Samarqandga yoʻl olayotgan eshelonga fuqarolar urushining yosh va koʻngli boʻsh faxriysi Deev hamda prinsipial va qatʼiyatli „bolalar komissari“ Belaya rahbarlik qiladi. Kitob oʻzining dinamik syujeti bilan ajralib turadi. Yaxinaning oʻzi bir intervyusida uni „qizil vestern“ deb atagan.

Muallifning ta’kidlashicha, roman hujjatli manbalarga asoslangan: tarixchilarning asarlari, dehqonlarning xatlari, ChKning ichki idoraviy yozishmalari, bolalar uylari va qabulxonalaridan olingan hujjatlar, gazetalar, xotira kitoblari, shuningdek, bevosita uysiz bolalar bilan ishlagan, ochlikka qarshi kurashgan va aholini ko‘chirish bilan shug‘ullangan kishilarning esdaliklari«Голод — главный, невидимый герой». Гузель Яхина — об «Эшелоне на Самарканд» и литургии в холерном бараке // pravmir.ru, 3 апреля 2021.

Nashr etilishi va tanqidiy qabuli „Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ asari ilk bor 2021-yil 9-martda chop etilgan. Yaxina allaqachon Big Book va Yasnaya Polyana kabi nufuzli mukofotlar sovrindori boʻlishga ulgurgani sababli, uning ushbu romani yilning eng kutilgan nashrlaridan biri boʻlganNoviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“ viydet v marte Noviy roman Guzeli Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“ viydet vesnoy . Kitob nashr etilgandan soʻng, sharhlovchilar Yaxinaning bundan avvalroq nashr etilgan ikkita romaniga nisbatan tilda yaxshi tomonga oʻzgarishlarni, hikoyaning umumiy xarakterini va 1920-yillardagi sovet nasrining bir qator asarlariga havolalar mavjudligini qayd etishgan„Eshelon na Samarkand“ kak ispitanie. Kakim okazalsya noviy roman avtora „Zuleyxi…“. „Eshelon“ hatto Yelena Kostyukovichni „oʻzining mukammalligi bilan hayratda qoldirgan“„Porajaet sovershenstvom“. Vishel noviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, romanning kamchiliklari och bolalar mavzusining haddan tashqari ekspluatatsiyasi va koʻplab kichik qahramonlar obrazlarining yaxshi yozilmaganligidirKakim poluchilsya noviy roman Guzel Yaxinoy „Eshelon na Samarkand“. Muallifning tarixiy voqeliklarni bilmasligiga eʼtirozlar (Volga boʻyidagi ocharchilik 1922-yil kuzida tugagan) va plagiatda ayblovlar ham mavjud: Samara oʻlkashunosi, sotsiologiya fanlari nomzodi Grigoriy Sidenkov kitob matnini oʻqishdan oldin „Samarqandga yoʻl olgan eshelon“ – uning blogi materiallari jamlanmasi ekanligini aytib oʻtganБорисова О. «Путает источники, искажает факты»: самарский историк обвинил писательницу Гузель Яхину в плагиате из-за книги «Эшелон на Самарканд» // «Комсомольская правда» (Самара), 12.03.2021.. 2021-yil 14-mart kuni Yaxina „Novaya gazeta“ nashriyotida oʻzi foydalangan manbalar roʻyxatini taqdim etgan holda ushbu ayblovni rad etganGuzel Yaxina: „Ya – dobrosovestniy issledovatel“ // Новая газета, 14.03.2021. 2022-yil dekabr oyida roman „Big Book“ tomonidan taʼsis etilgan „Oʻquvchilar tanlovi“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yana qarang Toshkent — non shahri

Manbalar

Turkum:Guzel Yaxina romanlari Turkum:XX asrga oid tarixiy romanlar Turkum:Haqiqiy voqealarga asoslangan romanlar Turkum:2021-yil romanlari Turkum:2021-yil kitoblari