Shirin Xalmuratova () – qoraqalpoq xalq shoiri. „Oʻn sakkizinchi bahor“, „Sevimli odamlar“, „Bulbul qoʻshigʻi bilan uygʻonaman“ toʻplamlarining muallifi. Uning sheʼrlari 1974-yilda „Qoraqalpogʻiston“ nashriyotida chop etilgan qoraqalpoq shoirlarining „Amu qoʻshiqlari“ toʻplamiga kiritilgan.
Hayoti va faoliyati 1949-yili 11-oktyabr Toshkent shahrida davlat arbobi Oʻtesh Xalmurat oʻgʻli (aslida Chimboyli boʻlgan ziyoli insonlardan biri, partiya xodimi) oilasida tavallud topgan. Bolaligidan xulq-atvori bilan ota-onasi, tengdoshlari diqqat-eʼtiboriga tushgan.
Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Nukus davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan.
Uning dastlabki qoʻshiqlar toʻplami institutda 1-kursda oʻqib yurgan paytida „Oʻn sakkizinchi bahor“ nomli toʻplami nashr etilgan. Shoirning dastlabki qoʻshiqlariga taniqli qoraqalpoq kompozitorlari A.Sultanov, X.Turdiqulovlar musiqa yaratib, sahnada T.Doshumova, S.Mambetova, I.Rafiqovalar tomonidan ijro etilgan.
Shirin Xalmuratovaning ijod namunalari oʻzbek, ozorbayjon, dogʻiston, qirgʻiz, qozoq va Baltik boʻyi xalqlarining tillariga tarjima qilingan.
„Bilim“ va „Kitobsevarlar“ jamiyatlarida ishlab, uzoq yillar davomida „Qoraqalpogʻiston kengashi“ gazetasida shaxsiy muxbiri boʻlib ishlagan.
Oilasi
Yozuvchi, shoir, tarjimon Uzoqboy Pirjonovning rafiqasi.
Bolalari: Lira Pirjonova, Goʻzal Pirjonova, Erpoʻlat Pirjanov, Oysultan Pirjanova va Muxtar Pirjanov. Nevaralari (nabiralari) Nodirabegim, Shahrizoda, Bobur, Tumaris, Alpamis.
Vafoti
Shirin Xalmuratova 2013-yil 6-martda vafot etgan.
Kitoblari Эзийз адамлар: [Косыклар], Нокис: Каракалпакстан, 1984, 76 s. Бүлбил сести таңда оятар мени, Тошкент: Zilol buloq, 2020, 212 s.
Asarlari Oʻn sakkizinchi bahor, sheʼriy toʻplami. „Qoraqalpogʻiston“. 1969-yil 42 b. Bobom gullari (hikoya, Lira Pirjonovaning qoraqalpoq tilidan tarjimasi) „Yangi adabiyot“ jurnali sayti. 2021-yil 31-oktyabr. Azizlar: Sheʼrlar / Shirin Xalmuratova. Nukus: Qoraqalpogʻiston, 1984-yil 73 b. Bulbil sesti tanda oyatar meni. Toshkent: Zilol buloq, 2020-yil.
Manbalar
Havolalar https://webkamerton.ru/user/2861 https://kknews.uz/kk/63895.html
Turkum:Qoraqalpogʻiston xalq shoirlari Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar Turkum:Qoraqalpogʻistonlik yozuvchilar