Scopus – bu 2004-yilda Elsevier akademik nashriyoti tomonidan taqdim etilgan veb-sayt. Scopusga kirish institutsional obuna orqali taqdim etiladi. 2020-yil yanvar holatiga koʻra Scopus dan ortiq nashrlar, 9,8 milliondan ortiq konferensiya maqolalari va 44 million patentdan 77,8 millionga yaqin nashrlarni indekslagan.

Scopus foydalanuvchilari oʻziga kerakli maʼlumotlarni kalit soʻz, ibora, maqola nomi yoki jurnal sarlavhasi boʻyicha qidirishlari mumkin. Tizim tomonidan yaratilgan natijalar nashr etilgan yil, mavzu, mansublik va hujjat turi boʻyicha filtrlanadi. Maʼlumotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizualizatsiya vositalari ham maʼlumotlar bazasiga kiritilgan.

Scopus tarkibiga kiritilgan barcha davriy nashrlar Kontent maslahat kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi (). Shu bilan birga, nashriyotlar oʻz nashrlarining yuqori sifatini saqlab qolishlari lozim – ular Hirsch indeksi, CiteScore, (SJR), Source Normalized Impact per Paper (SNIP) minimal talab qilinadigan koʻrsatkichlariga muvofiqligini taʼminlash uchun har yili tekshirib boriladi. Adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Nashriyot Turkum:Veb-saytlar