Hoji Sultonali masjidi () – Ozarbayjonning Boku shahri, Yasamal tumani, Salatin Askerova koʻchasi, 75-uyda joylashgan mahalliy masjid.

Tarixi Hoji Sultonali masjidi XX asr boshlarida meʼmor Zivarboy Ahmadboyev tomonidan 1904–1910-yillarda qurilgan. Yodgorlik qurilishiga hoji Sultonali homiylik qilgan boʻlib, Boku shahri, Nizomiy metro bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan. Masjid hududidan turk askarining qabri topilgan.

Hoji Sultonali masjidi ikki qavatdan iborat. Binoning yuqori qavati ayollar uchun, pastki – birinchi qavati esa erkaklar uchun moʻljallangan. Qurilish rejasida masjid kvadrat shaklida, gumbazli va minorali uslubda tasvirlangan. Hoji Sultonali masjidi dastlab minorasiz qurilgan boʻlib, Yevropa, Sharq va mahalliy arxitektura xususiyatlarini oʻz ichiga olgan.

2000-yil aprel oyida masjidda rekonstruksiya va restavratsiya ishlari boshlanib, 2001-yil oktyabr oyida yakunlangan va masjid toʻliq holda foydalanishga topshirilgan.

Galereya

Yana qarang

Juma masjidi Tazo Pir masjidi Ajdarbey masjidi

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon meʼmorchiligi Turkum:Bokudagi masjidlar