Azizjon Komilov (1984-yil 19-iyun, Toshkent) – Oʻzbekiston sport funksioneri, 2018-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi prezidenti etib saylangan, 2019-yildan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Hayoti Azizjon Komilov 1984-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2004-yilda 103-maktabni, soʻngra Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Kasbi huquqshunos.

2001–2007-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olgan. 2006–2007-yillarda ALM-Feldmans yuridik byurosida huquqshunos lavozimida ishlagan. 2008–2009-yillar AJ „KPMG“ audit kompaniyasi, Moskvadagi vakolatxonasi yetakchi mutaxassisi boʻlgan.

2009–2013-yillarda „Shanghai Epay Info Tech Co., Ltd“ shirkati tijorat direktori, boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan va 2014–2017-yillarda „New Field Inc“ shirkati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

2018-yilda „Baykal“ shirkatiga asos solgan.

2019-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti (rais oʻrinbosari) lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning rahbarligida Toshkentda ilk bor „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi dzyudo musobaqasi oʻtkazilgan. Turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiada oʻyinlariga qoʻlga kiritilgan litsenziyalar soni boʻyicha rekordni yangilashga muvaffaq boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar