Valeriy Aleksandrovich Fadeyev (, 1960-yil 10-oktyabr) – rossiyalik jurnalist va jamoat arbobi. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik palatasining sobiq kotibi.
Hayoti Valeriy Fadeyev 1960-yili Toshkentda tavallud topgan. 1983-yilda Moskva fizika-texnika institutining boshqaruv fakultetini tamomlab, SSSR strategik raketa kuchlarida xizmat qilgan. 1988–1990-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Energetika ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. 1993—1995-yillarda esa Yevgeniy Yasinning oʻrinbosari boʻlib, Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi Ekspert instituti direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
1998–2017-yillar oraligʻida jurnalistlar hamjamiyatida „Ekspert“ jurnalining bosh muharriri, 2014–2018-yillarda „Perviy kanal“ boshlovchisi va „Vremya“ dasturining (2016-yil 4-sentyabrdan iyungacha) bosh muharriri sifatida tanilgan.
U Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi aʼzosi boʻlgan. 2019-yildan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining maslahatchisi hamda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti kengashi raisi boʻlgan.
Valeriy „Yedinaya Rossiya“ siyosiy partiyasi liberal platformasi koordinatori hamda Strategik tashabbuslar agentligining yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha ekspertlar kengashi raisi boʻlgan. Bundan tashqari, Butunrossiya Xalq fronti „Kachestvo povsednevnoy jizni“ ishchi guruhi rahbari, Rossiya hukumatining uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻyicha idoralararo ishchi guruhi aʼzosi va Jamoatchilik instituti direktori boʻlib faoliyat yuritgan.
Faoliyati
Jurnalist 1992–1995-yillarda „Kommersant“ nashriyotining „Kommersant-Weekly“ jurnalida ekspert hamda ilmiy muharrir boʻlib ishlagan. 1995–1998-yillarda „Ekspert“ haftalik tahliliy jurnali ilmiy muharriri, keyinchalik bosh muharrirning birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 1998-yil 18-fevraldan „Izvestiya“ gazetasi bosh muharririning birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. Jurnalist 1998-yil noyabridan 2017-yil yozigacha „Ekspert“ jurnalining bosh muharriri, shuningdek, Expert media-xolding aksiyadori (12,9%) va bosh direktori boʻlgan.
Teleboshlovchi Fadeyev 2014-yilning oktyabr oyidan 2016-yil iyun oyigacha Rossiyaning Birinchi kanalida „Struktura momenta“ ijtimoiy-siyosiy tok-shousining boshlovchisi boʻladiNarodniy front predlojil sozdat goskompaniyu po likvidatsii dolgov v JKX. 2016-yil sentyabrdan 2018-yil iyungacha „Perviy kanal“ning haftalik yangiliklar dasturi – „Voskresnoye vremya“ („Yakshanba vaqti“) boshlovchisi boʻlib ishlagan. U Fuqarolik palatasidagi ishi tufayli televideniyeni tark etib, televideniyedagi ishini yarim kunlik ish deb taʼriflagan.
Sanksiyalar 2021-yil 18-iyunda Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshiladi.
2023-yil 25-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida Ukraina suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi harakatlari uchun Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan.
2023-yil 2-martda Shveytsariyaning sanktsiyalar roʻyxatiga qoʻshilgan.
Oilasi U „Ekspert“ media xoldingi aktsiyadori va „Ekspert“ jurnali bosh muharriri Tatyana Igorevna Gurova (1963-yil 16-aprelda tugʻilgan) bilan oila qurgan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor.
Mukofotlari Rossiya Federatsiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda axborotni qoʻllab-quvvatlagani va jamoatdagi faoliyati uchun Fadeyev 2008-yil 23-aprelda II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun 2010-yil 14-oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Faxriy yorligʻiga sazovor boʻlgan.
Valeriy Aleksandrovich hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning umumiy axborot makonini shakllantirish va rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2015-yil 16-aprelda MDH Parlamentlararo Assambleyasi tomonida „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Maʼlumot na sayte Obshchestvennoy palaty Rossiya Valeriy Fadeev v gostyax u Vladimira Poznera (2013)
Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik yozuvchilar